BBC xabariga köra, bir kun avval AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Byorns va Isroilning «Mossad» razvedka xizmati rahbari Devid Barnea Misr va Qatar vositaçilari bilan uçraşdi. Şuningdek, HAMAS delegatsiyasi ham vositaçilar bilan uçraşiş uçun Qohiraga borgan.

Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos HAMAS harakatini imkon qadar tezroq kelişuv tuzişga çaqirgan.

Isroilning Ğazodagi harakatlarini keskin qoralagan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ham Qohirada Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan muzokara ötkazişi kutilmoqda.

AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi matbuot kotibi Jon Kirbi muzokaralarni konstruktiv va töğri yönalişda ketayotganini aytdi.

Biroq Vaşington Rafahda tinç aholini himoya qiliş böyiça «işonçli rejasiz» quruqlikdagi heç qanday operatsiyani qöllab-quvvatlamasligini bir neça bor oçiqlab kelgan.

Ğazo sektorining janubidagi Misr bilan çegaradoş Rafah şahri anklavdagi Isroil qöşinlarining keng kölamli operatsiyalaridan hozirgaça çetda qolgan sönggi yirik aholi punktidir. Şuningdek, u Ğazoga gumanitar yordam olib kiruvçi asosiy tranzit nuqtasi hisoblanadi.

11 fevral kuni tunda Isroil mudofaa kuçlari Ğazo sektori şimolidan qoçgan bir yarim millionga yaqin odamga boşpana bergan Rafahga faol havo hujumlarini boşladi. 

BMT gumanitar masalalar böyiça rahbari Martin Griffitsning aytişiça, har qanday harbiy operatsiya «qatliomga olib kelişi mumkin».

BMT Boş kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik sözlariga köra, BMT aholining majburiy evakuatsiyalarida iştirok etmaydi. Uning sözlariga köra, hozir asosiysi jangovar harakatlarda tanaffus va garovga olinganlarni ozod qilişga erişişdir.

AQŞ prezidenti Jo Bayden Rafahdagi tinç aholi himoyaga muhtojligini aytdi va ular endi himoyasiz qolganini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, şahardagi har qanday yirik harbiy amaliyot u yerda yaşovçi aholi xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan işonçli rejasiz amalga oşirilmasligi kerak.

«Biz boşidanoq falastinliklarning Ğazodan har qanday majburan köçirilişiga qarşi ekanimizni aniq aytdik», deb qöşimça qildi u.

12 fevral kuni isroillik harbiylar Rafahda garovga olingan ikki isroillikni ozod qildi. Biroq, harbiylarning sa’y-harakatlari bilan hozirgaça faqat uç nafar isroillik, şu jumladan bir ayol askar qutqarilgan xolos.