NATO ittifoqçilari Ukrainaga bir millionta dron yetkazib bermoqçi. Bu haqda Bryusseldagi NATO mudofaa vazirlarining yiğilişida e’lon qilindi. 

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg matbuot anjumanida «NATO Moskvada bizning barça ittifoqçilarimizni himoya qiliş majburiyatimizga şubha qilişiga örin yöqligini ta’minlaşda davom etmoqda», dedi. 

Uning eslatişiça, ikki yillik keng kölamli uruş davomida AQŞ Ukrainaga harbiy, moliyaviy va gumanitar yordam körinişida qariyb 75 milliard dollar ajratgan. Yana 100 milliard dollar NATO boşqa ittifoqçilari va hamkorlari tomonidan taqdim etilgan. Stoltenberg ta’kidlaganidek, mudofaa vazirlari yiğilişda yangi yordam paketlari böyiça kelişib oldi. Unda millionta drondan taşqari, F-16 qiruvçi samolyotlari va havo hujumidan mudofaa uskunalari uçun butlovçi qismlar bor. 

NATO, şuningdek, Polşada öquv markazini taşkil qiladi. U yerda NATO harbiylari ukrainaliklar bilan birga maşğulotlar ötkazadi. 

Ukraina qaçon NATO a’zo bölişi mumkinligi haqidagi savolga Stoltenberg «Ukraina endi NATO a’zoligiga har qaçongidan ham yaqinroq», deb javob berdi.