Qozoğistonda yölda qolib ketgan 27 nafar Özbekiston fuqarosi qutqarilgan. Bu haqda Kun.uz'ga Özbekiston Taşqi işlar vazirligi ma’lum qildi.

Özbekistonning Ostonadagi elçixonasi Aqmola viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentidan olgan ma’lumotga köra, 15 fevral kuni Ostona-Çelyabinsk yönalişida harakatlanayotgan yölovçi avtobusi “Jaqsi-Yesil-Buziliq” yölidagi Jaqsi qişloği yaqinida buzilib qolgan.

Jaqsi tumani qutqaruvçilari avtobusdan 64 kişini evakuatsiya qilgan. Ulardan 27 nafari Özbekiston fuqarolari bölib, şundan 12 nafari – bolalar. Qutqarilganlardan yana 33 nafari – Tojikiston fuqarolari (şundan 5 nafari – bolalar).

Qutqarilganlar Jaqsi qişloğidagi 1-sonli örta maktabda joylaşgan isiniş joyiga olib borişgan. Yölovçilar tibbiy yordamga muhtoj bölmagan.

Oldinroq Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi sovuq havo harorati sababli Qozoğistonda bölib turgan va tranzit yönalişida harakatlanayotgan Özbekiston fuqarolariga ogohlantiriş bilan çiqib, zarurat bölmaganda uzoq masofali yöllarga maşinada çiqmaslikni söragandi.