Donetsk oblastining Avdiyivka şahrida Ukraina qurolli kuçlari uçun kritik vaziyat yuzaga keldi, deya ma’lum qildi AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi rasmiysi Jon Kirbi jurnalistlar uçun brifing çoğida. «Biz ukrainlardan vaziyat öta murakkab ekani, Rossiya qöşini har kuni ukrain pozitsiyalariga hujum qilişda davom etayotgani töğrisida xabar oldik. Avdiyivka Rossiya nazorati ostiga ötişi xavfi bor», — degan Kirbi. Uning sözlariga köra, bu köp jihatdan joylardagi ukrain qöşinlarida artilleriya öq-dorilari tugayotgani bilan boğliq.

«Rossiya ukrain pozitsiyalarini şturm qiliş uçun yangi yollanganlarning yangi tölqinlari ortidan yangilarini yuborişda davom etmoqda va kongress qöşimça harbiy yordam töğrisidagi qonun loyihasini qabul qila olmayotgani uçun biz Ukrainaga ular rossiyaliklarning hujumlarini qaytarişi uçun juda zarur bölgan artilleriya snaryadlarini bera olmadik», — degan Kirbi.

Rossiya kuçlari Avdiyivkadagi ukrain qöşinlari guruhidan yetti barobar köp, vaziyat öta kritik holatda, degan «Azov» 3-şturm brigadasi vakili Oleksandr Borodin (uşbu brigada bir neça kun oldin Avdiyivka yönalişiga yuborilgandi). «Ayrim bölinmalar bizga 360 daraja böylab işlay oladi, 
ya’ni vaziyat çindan ham oğir», — degan ukrain televideniyesi efirida çiqiş qilgan Borodin.

Ukraina Avdiyivkadan qöşinlarni olib çiqişni boşlagan, deya xabar bergan Amerikaning The Washington Post gazetasi ukrain harbiylariga asoslangan holda. Naşr suhbatdoşlari Avdiyivkaning boy berilişi — «vaqt masalasi» bölib qolganini ma’lum qilişgan. Naşrning qayd etişiça, vayronaga aylangan kokskimyo zavodi ukrainlarning şahardagi sönggi tayançi bölib qolmoqda.

Avdiyivkaga şimoldan kirib keliş joyi Rossiya armiyasi tomonidan egallangan, bu yerda Zelenskiy bir yarim oy muqaddam video e’lon qilgandi. Şahar şimoliy çekkalarida RF bayroqlari örnatilmoqda. 15 fevral kuni rossiyalik harbiy muxbir Yevgeniy Poddubniy şunday videolarni namoyiş etdi. Videodagi geolokatsiyadan bu şahar nomi yozilgan stela atrofi ekanini köriş mumkin, bu yerda ukrain harbiylari şaharga kirib kelişda fotosuratga tuşar, Zelenskiy esa 2023 yil 29 dekabr kuni Ukraina qurolli kuçlarining Avdiyivkadagi pozitsiyasiga taşrif buyurganida şu yerda video olgandi. Ukrainlarning OSINT DeepState loyihasi rus qöşini Avdiyivka şimolida ilgarilayotganini tasdiqlagan va Poddubniy e’lon qilgan videoda aks etgan uçastkani RF armiyasi nazoratiga ötgan hudud sifatida qayd etgan. RF qöşinlari egallagan yöl orqali Avdiyivkadagi ukrain garnizoniga ta’minot yetkazib berilardi.