Apple sinovdagi qurilma muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, buklanadigan iPhone işlab çiqiş loyihasini keçiktirdi. Bu haqda MacRumors portali Fixed Focus Digital insayderiga tayanib xabar berdi.
Manbaga köra, sinovdagi qurilma ekrani bir neça kunlik sinovlardan söng muvaffaqiyatsizlikka uçragan va bu Apple kompaniyasini loyihani öz standartlariga mos keladigan displey işlab çiqilgunga qadar keçiktirişga majbur qilgan.
Miş-mişlarga köra, Apple 2016 yildan beri egiluvçan displeyli iPhone işlab çiqarişga urinmoqda. Şu vaqt içida kompaniya Samsung va LG ekranlarini sinovdan ötkazdi. Bundan taşqari, avvalroq Apple bir vaqtning özida «raskladuşka» formatidagi ikkita iPhone prototipi ustida işlayotgani xabar qilingan edi.
Yangi ma’lumotlar qandaydir tarzda bukiluvçan iPad işlab çiqariş bilan boğliqmi yoki yöqmi noma’lum. OAV ma’lumotlariga köra, Apple buklanadigan planşetni yaratişdan köproq manfaatdor, çunki bunday qurilmaga qöyiladigan talablar iPhone smartfoniga nisbatan pastroq böladi.
Avvalroq, The Elec naşri Apple özining 7-8 dyuym ekranli birinçi bukiladigan qurilmasini çiqarişni körib çiqayotgani haqida xabar bergan edi. Oxir-oqibat u iPad mini örnini bosişi mumkin.













