Germaniya Ukrainaga 1,1 milliard yevrolik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Şols Berlinda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qöşma matbuot anjumanida aytib ötdi.
Kansler Germaniya Ukrainaga umumiy qiymati 28 milliard yevro miqdorida harbiy yordam körsatiş majburiyatini olganini ta’kidladi. Unga köra, Germaniya Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça dunyoning barça davlatlari orasida ikkinçi örinda turadi.
«Bugun biz yangi yordam paketini tayyorlayapmiz. Bu 1,1 milliard yevro», deb ta’kidladi Şols.
Uning sözlariga köra, harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga sanoat zaxiralaridan 36 ta zirhli va ğildirakli gaubitsa, 120 mingta snaryad, ikkita Skynex zenit tizimi va IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimi uçun raketalar beriladi.
Öz navbatida, Zelenskiy Germaniyaga Ukrainaga hozir haqiqatan ham zarur bölgan yangi mudofaa paketi uçun minnatdorlik bildirdi.
Ukraina prezidenti «hamkorlar tomonidan ta’minot sezilarli darajada kamayganidan» afsusda ekanini bildirdi, ammo «bunday şaroitda Germaniyaning yordami Ukraina va front uçun juda muhimdir», dedi.
Zelenskiy Ukraina yordamga muhtoj bölganida Şols va Germaniya çetda emasligini qadrlaşini ta’kidladi.
16 fevral kuni Berlinda Ukraina va Germaniya örtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim imzolandi.
Şols bu kelişuvning imzolanişini tarixiy qadam deb atadi. Germaniya kelajakda Rossiyaning bosqinçilik uruşiga qarşi Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etadi.













