AQŞ maxsus prokurori Devid Vays Federal qidiruv byurosining (FQB) sobiq maxfiy axborotçisi Aleksandr Smirnovni yolğon guvohlik berganlikda va yozuvlarni soxtalaştirganlikda aybladi.
Avvalroq, Smirnov Jo Bayden va uning öğli Hanter Ukrainaning Burisma energetika kompaniyasidan 5 million dollardan olganini ta’kidlagan, uşbu ma’lumot asosida Baydenlarga nisbatan iş oçilgan edi.
Smirnov 2020 yilda Hanter Baydenga nisbatan tergov paytida, Ukrainaning Burisma kompaniyasi rahbariyati uni yollaganini, bundan maqsad vitse-prezident bölib işlayotgan otasi Ja Baydendan foydalaniş ekani haqida aytgan. Uning guvohlik berişiça, keyinçalik kompaniya vakillari yordam uçun Jo va Hanter Baydenga pul tölagan. Smirnov buni 2015 va 2016 yillarda kompaniya vakillari bilan uçraşganida bilib olganini ta’kidlagan.
Maxsus prokuror idorasining ta’kidlaşiça, Smirnov Burisma vakillari bilan haqiqatan ham uçraşgan, ammo bu 2017 yilda, ya’ni Jo Bayden vitse-prezident bölmagan paytda yuz bergan. Şuningdek, prokuror bayonotida aytilişiça, Smirnov Baydenni şaxsiy adovat va prezidentlikka nomzodi körsatilgani sababli poraxörlikda nohaq ayblagan.
Smirnov 15 fevral kuni xorijdan Qöşma Ştatlarga qaytganidan söng, Las-Vegas aeroportida qölga olingan.
Maxsus prokurorning bayonotida aytilişiça, FQB sobiq axborotçisi aybdor deb topilsa, 25 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
2023 yil sentabrida AQŞ Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri, respublikaçi Kevin MakKarti Vakillar palatasining qömitalari AQŞ prezidenti Jo Baydenga impiçment jarayonini boşlaşi mumkin bölgan tergov işlarini boşlaganini e’lon qildi.
Respublikaçilarga köra, Bayden 2009-2017 yillarda vitse-prezident bölib işlagan vaqtida öğli Hanterning xorijiy tijorat loyihalaridan daromad olgan. Bunda Aleksandr Smirnov körsatmalari asos qilib olingan edi.













