Bugun, 17 fevral kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi Tashkent Index bozorida avtoturargohlarning soyabon (tom) qismi maşinalar ustiga qulagani tasvirlangan videolar tarqaldi.
Videolarda avtoturargohning yengil konstruksiyali ustunlari va tom qismi keça yoğib ötgan qorning oğirligini kötara olmay qulaşi oqibatida köplab avtomobillarga şikast yetgani körinadi.

Tashkent Index bozori ma’muriyati hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga köra 2024 yil 16 fevral kuni noqulay ob-havo va kuçli qor yoğişi tufayli bozor hududidagi yengil konstruksiya tarzida qurilgan soyabonlarning bitta 50 metrlik qatori qorning oğirligidan qulab tuşgan.
“Uşbu soyabon ostida 35 avtotransport vositasi turgan bölib, ulardan 6 tasining kapot, tom yoki bamper qismlariga şikast yetgan. Ayni vaqtda avtotransport vositalarining egalari bilan kelişilgan holda, yetkazilgan moddiy zararni qisqa fursatlarda qoplab beriş çorasi körilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
Avvalroq, bir neça marta Sergeli tumanida joylaşgan maşina bozori Tashkent Indexʼga köçirilişi haqida gap-sözlar tarqagan. Biroq Sergeli maşina bozori rahbariyati bunday topşiriq bölmaganini aytib çiqqandi.












