«Dunyo» xabariga köra, taşrif davomida Xokkaydo prefekturasi gubernatori Naomiçi Suzuki, Sapporo şahri meri Katsuxiro Akimoto, Xokkaydo universiteti vitse-rektori Aya Takaxaşi, şuningdek, ARCS Group, Gorizontal Line Co.Ltd., ROYCE Confect Co., Ltd., OISCA taşkilotining Xokkaydo bölimi rahbariyati bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazildi.

Xokkaydo universiteti vitse-rektori Aya Takaxaşi bilan uçraşuv davomida yapon tomoni 2024 yilda mamlakat universitetlari bilan akademik almaşinuvlarni amalga oşiriş, birgalikda ilmiy-amaliy forumlar va konferensiyalar taşkil qiliş, qöşma öquv dasturlari va talabalar almaşinuvini rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.

Yaponiyaning qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçi yirik ROYCE Confect Co., Ltd. kompaniyasi işlab çiqariş zavodiga taşrif buyurilib, uşbu kompaniyaning xalqaro aloqalar departamenti direktori Maiko Yamazaki bilan uçraşuv ötkazildi.

Maiko Yamazaki bilan suhbat davomida ROYCE Confect Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilayotgan qandolatçilik mahsulotlarida Özbekistonda tayyorlangan quruq mevalardan (mayiz, yonğoq) foydalaniş masalasi muhokama qilinib, uşbu taklif yapon tomonida katta qiziqiş uyğotdi.

Taşrif davomida, şuningdek, Horizontal Line Co.Ltd kompaniyasi prezidenti Ryu Xiray bilan özbek milliy mahsulotlarini yapon bozoriga eksport qiliş masalalari muhokama qilindi. Ryu Xiray hozirgi kunda kompaniya tomonidan Silk Raisin brendi ostida quritilgan mevalarni Yaponiyaga eksport qiliş masalasi işlab çiqilayotganini ma’lum qildi.

Uçraşuv yakunlari böyiça mamlakatdan Yaponiyaga quruq mevalar, töqimaçilik mahsulotlari eksportini oşiriş, özaro hamkorlikda Xokkaydo prefekturasi savdo tarmoqlarida mahalliy mahsulotlarni keng tarğib qiliş böyiça kelişuvga erişildi.