Asli qaşqadaryolik bölgan, Rossiyaning Moskva viloyatida işlab yurgan ayol giyohvand modda savdosida gumonlanib, uşlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Manbaga köra, u 4 oy oldin Qozon şahrida qölga olingan. Holatning aniq tafsilotlari hozirça ma’lum emas.

Ayol ikki qizi bilan yaşagan. U uşlangaç, qizlari qarovsiz qolgan. Ayolning tanişlari Özbekistonga qönğiroq qilib, qizaloqlarning bobosi va toğasi bilan gaplaşişgan. Ular bolalarni Özbekistonga jönatib yubormoqçi bölişgan. Ammo negadir ularni na bobosi, na boşqa yaqinlari qabul qilişni istamagan.

Kun.uz holat yuzasidan ma’lumotlarni bolalar ombudsmaniga berdi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova vaziyat örganilib, bolalarni Özbekistonga qaytariş çoralari körilişini bildirdi.

Ismi Iroda bölgan uşbu ayol haqida Kun.uz 4 yil oldin lavha tayyorlagandi. Öşanda u Moskva viloyatida avtoslesarlik qilardi.

Oldinroq migratsiya masalalari böyiça yurist Botirjon Şermuhammad Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda Rossiyada köplar tuhmat va huquqiy bilimi yetmaganidan qamalib qolayotgani, agar Özbekistonga qaytarilsa, ularning işi qayta körilişi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi.

Şuningdek, u özbekistonliklarni pul uçun narkokurerlikka yollaniş va uning oğir oqibatlaridan ogohlantirgandi.

“Bugun kurerlarning har bitta xizmati 300-700 rubl oraliğida ekan — bu katta pul emas. Bir kunda 20-30 ta joyga yetkazib berganda ham, kuniga 100 dollar pul topişi mumkin. Ammo bularning bari katta xavf, tavakkal hisobiga böladi-ku.Kurerlarning faoliyati 2-3 oydan köpga bormaydi. Çunki ular örtaça şunça vaqtda qölga tuşadi hamda uzoq yilga qamaladi”, degandi Botirjon Şermuhammad.