“Dok-1 Maks” işi böyiça 2024 yil 19 fevral kuni ötkazilgan navbatdagi sud majlisida Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyevning nutqi tinglandi. Bu haqda sud majlisida qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sardor Kariyev nutqida özining aybsiz ekanini ta’kidlagan.

“Advokatlarim tomonidan muzokara davomida keltirilgan vaj va dalillarning barçasiga qöşilaman. Tergov tomonidan menga qöyilgan ayblarning birortasiga ham men aybdor emasman, deb öylayman. Menga qöyilgan ayblovlardan birortasida jinoiy qasd bölmaganini ta’kidlab ötaman.

Tergov yoki sud davomida men özimning körsatmalarimni özgartirmadim. Menga qarşi körsatma berayotgan odamlarning barçasi özining körsatmasini yo özgartirdi, yo boşqaça vajlar bilan töldirdi. Bu, albatta, ularning menga qarşi berayotgan körsatmasida haqqoniylik yöqligidan dalolat.

Dastlabki tergov hujjatlari va puşaymonlik xatlari bilan tanişib, şunga amin böldimki, nima qilingan bölsa mening nomimni sotib, ortimdan qilingan. Bu hujjatlar bilan siz ham tanişgansiz, albatta.

Menga asosiy qöyilayotgan ayblardan biri bu inspeksiyadan yeçiliş böyiça göyoki men topşiriq bergan ekanman. Bu narsa bölmagan va bunaqa topşiriq bermaganman”, deya ta’kidlagan Farmagentlikning sobiq rahbari.

Sardor Kariyev bularni hisobga olgan holda suddan öziga nisbatan oqlov hukmi çiqarişni söragan.

Oldingi sud majlisida Kariyevning advokatlari nutqi tinglangandi. Ular tergovda Kariyevga qöyilgan ayblovlar sudda öz isbotini topmaganini aytgan.