Bugun, 19 fevral kuni Xalq deputatlari Bağdod tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiya işida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov iştirok etdi.

Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Yusufjon Husayinov örniga yangi tuman hokimini tayinlaş bilan boğliq taşkiliy masala körildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Ğanijon Şeraliyeviç Soliyev nomzodi Bağdod tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qöllab-quvvatlandi va hozirga qadar Bağdod tumani «Xöjaqişloq» MFYda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçisi bölib işlab kelgan Ğanijon Soliyev Bağdod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ğanijon Soliyev 1979 yilda Bağdod tumanida tuğilgan. Toşkent moliya institutini iqtisodiyot yönalişida tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002 yilda Uçköprik tumani moliya bölimida boşlagan. Turli yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy soha va aholini moliyalaştiriş boş boşqarmasida, Farğona viloyati moliya boşqarmasida, Farğona şahar va Bağdod tumani moliya bölimlarida mas’ul lavozimlarda işlagan.

2014–2017 yillarda Oltiariq tumani hokimi örinbosari, 2017–2020 yillarda Bağdod tumani hokimi birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020–2022 yillarda Farğona viloyati hokimligi moliya boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari bölgan. 

Ğanijon Soliyev 2022 yil 11 yanvardan buyon Bağdod tumani «Xöjaqişloq» MFYda hokim yordamçisi sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.

  • Bağdod tumaniga 2022 yil yanvaridan buyon Yusufjon Husayinov rahbarlik qilayotgandi. 2024 yil yanvar oyi oxirida prezident Şavkat Mirziyoyev 2023 yilda 16 ta tumanda birorta köp qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytgan va boş vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini körib çiqişni topşirgandi. Bu hokimlar orasida Husayinov ham bor edi.