Bugun bölib ötgan xalq deputatlari Boğdod tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Yusufjon Husainov Boğdod tumani hokimi etib tayinlandi. Sessiya işida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov iştirok etdi va nutq sözladi.
«Hokimlik oğir iş, tumandagi iqtisodiyotdan tortib, ijtimoiy sohasiga javob beriş kerak. Boğdodda Vosiljon Nazarov harakatçanligi, topşiriqlarni tuşunib işlagani e’tirofga loyiq», dedi viloyat hokimi.
Boğdod tumanining sanoat, işlab çiqariş sohasidagi yutuqlari, respublikaga nomi ketgan «Boğdod tajribasi» haqida töxtalib ötildi. Tumanda birinçi vazifa işsizlikni kamaytiriş, sanoat zonalaridagi loyihalarni işga tuşiriş, investitsiyani oşiriş, mahallalarni obodonlaştiriş, umuman olganda 2022 yil davomida har bir yönalişda salmoqli işlarni amalga oşiriş böyiça körsatmalar berildi.
Viloyat hokimi tomonidan taqdim etilgan Yusufjon Husainov nomzodi tuman kengaşi deputatlari tomonidan bir ovozdan qöllab-quvvatlandi va u Boğdod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Yusufjon Husainov 1983 yilda Toşloq tumanida tuğilgan. 2004 yil Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005 yildan iqtisodiyot tizimida mehnat qilib keladi. 2020 yildan buyon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2021 yil fevralidan beri tuman hokimi vazifasida işlab kelgan Vosiljon Nazarov boşqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.










