Qozoğistonliklarni janubdan şimolga ixtiyoriy köçiriş dasturi kutilgan natijani bermadi. Bu haqda Senat spikeri Maulen Aşimbayev ma’lum qildi.
«Ta’kidlaş joizki, ayrim hududlarda ijtimoiy-demografik va iqtisodiy nomutanosiblik saqlanib qolayotgani muammolardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda janubiy, ğarbiy viloyatlar va megapolislarda aholi soni sezilarli darajada oşib bormoqda. Şimoliy viloyatlarda esa aksinça, pasayiş tendensiyasi kuzatilmoqda», dedi Aşimbayev va sönggi bir neça yil içida Şimoliy Qozoğiston, Pavlodar va Qöstonoy viloyatlarida aholi soni kamayganini qöşimça qildi.
«Şu örinda tan oliş kerakki, janubdan şimolga ixtiyoriy köçiriş dasturi kutilgan natijani bermadi. Umid qilamizki, Senatda körib çiqilayotgan yangi migratsiya qonuni işçi kuçi harakatçanligini oşiriş böyiça yangi rağbatlantiriş çoralarini körib çiqadi», dedi Senat spikeri.
Aşimbayev dastur nega barbod bölganiga aniqlik kiritmadi, biroq, şimoliy hududlarda injyeneriya va jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantiriş zarurligini ta’kidladi.
Qozoğistonda aholini köçiriş böyiça bir neçta dasturlar mavjud. 2017 yilda birinçi prezident Nursulton Nazarboyev taşabbusi bilan «Enbek» samarali bandlik dasturi işga tuşirildi. 5 yil davomida dastur doirasida mamlakatning mehnat resurslari köp bölgan hududlaridan 34 mingga yaqin kişi işçi kuçi yetişmaydigan hududlarga (asosan şimoliy hududlarga) köçirildi. Ularning 17 mingga yaqini mehnatga layoqatli yoşdagi fuqarolar edi. Biroq, 600 ga yaqin oila Şimoliy Qozoğiston viloyatidagi yangi yaşaş joyida ildiz otmay, öz hududlariga qaytdi.
Dastur şartlariga köra, davlat migrantlarga nafaqat iş topişda, balki ularni köçiriş, kvartira ijarasi va birinçi yil uçun kommunal tölovlarni tölaşda ham yordam bergan. Öz biznesini yölga qöyiş istagida bölganlar kredit va grantlar olgan.













