Rossiya avtomobil bozorida yangi avtomobil brendlari, xususan, Uganda, Hindiston va Erondan paydo bölişi mumkin. Bu haqda 19 fevral, duşanba kuni «Izvestiya» gazetasi Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasiga tayanib xabar berdi. Palata prezidenti Sergey Koritinning sözlariga köra, Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar kuçayişi fonida yangi avtomobil brendlari bozorda öz örniga ega bölişi mumkin. Xususan, budjet segmentida Tata Motors hind konsernining avtomobillari, şuningdek, Eronning Iran Khodro va Saipa avtomobillariga talab paydo bölişi ehtimoli bor.

Şu bilan birga, «Izvestiya» naşri hindistonlik işlab çiqaruvçilarning Rossiya bozorida avtomobil sotmoqçiligi haqida aniq ma’lumot yöq, deb yozadi. Öz navbatida, Eron avtomobillari allaqaçon Rossiyada mavjud. Xususan, Iran Khodro kompaniyasining Tara avtomobilini 1,5 million rublga sotib oliş mumkin. 

Uganda ham Rossiya avtomobil bozoriga kirişga qiziqiş bildirgan. Mamlakatning Rossiyadagi elçisi Mozes Kizigening sözlariga köra, Uganda elektromobillar işlab çiqariş böyiça Afrikada yetakçi hisoblanadi. Öz navbatida, Ugandaning hukmron partiyasi Milliy qarşilik harakati raisi örinbosari Marvaxa Parminder Katongole Singx «Izvestiya» naşriga Rossiya avtomobil bozoriga kiriş Uganda uçun Rossiya bilan hamkorlik aloqalarini örnatişda yaxşi imkoniyat bölişini aytdi. 

Xitoy avtomobillari Rossiya bozorining deyarli yarmini egallagan 

2023 yil dekabr oyida NAPI avtomobil marketingi agentligi Xitoyda işlab çiqarilgan avtomobillarning uluşi butun Rossiya avtomobil bozorining 37 foizini taşkil qilayotganini ma’lum qildi. Yana qariyb 10 foizni Rossiyada işlab çiqarilgan Xitoy brendlarining avtomobillari egallagan. 2022 yilning yanvar-noyabr oylari bilan soliştirganda ularning umumiy uluşi 30 foizdan köproqqa oşdi.