Rossiyada armiya haqida «feyklar» tarqatişda ayblangan uruşga qarşi faol Maksim Lipkan majburiy psixiatrik davolanişga yuborilişi kerak. Bunday qaror 19 fevral, duşanba kuni Moskva viloyati Odinsovo şahar sudi tomonidan qabul qilindi.
«Ayblanuvçiga nisbatan jinoyat işi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi 2-qismi (Qurolli kuçlardan foydalaniş töğrisida qasddan yolğon ma’lumotni ommaviy tarqatiş) böyiça jinoyat sodir etiş vaqtida uning aqli rasoligi sababli tugatildi. Unga ixtisoslaştirilgan tipda statsionar şaroitda psixiatrik yordam körsatuvçi tibbiy taşkilotda majburiy davolaniş körinişida tibbiy xarakterdagi majburiy çoralar qöllandi», - deya sud vakilidan iqtibos keltirgan TASS agentligi.
Qayd etilişiça, hukm qonuniy kuçga kirgunga qadar 18 yoşli Maksim Lipkan V.I.Yakovenko nomidagi Moskva viloyat ruhiy kasalliklar şifoxonasida böladi.
Maksim Lipkan işi
Yigit 2023 yil fevral oyida Rossiya qurolli kuçlari haqida «siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy yoki diniy adovat asosida feyk» ma’lumotlarni ommaga tarqatgani uçun jinoiy iş böyiça hibsga olingan. 2023 yilning fevralidan noyabrigaça u Moskvadagi 2-tergov izolyatorida bölgan.
2023 yil aprelida Moskvaning Solnsevo tuman sudi faolni «armiyani obrösizlantiriş» va «muvofiqlaştirilmagan miting uyuştirganlik» uçun mos ravişda 30 ming va 50 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi. 2023 yil noyabr oyida sud qarori bilan Lipkan 2024 yil 23 aprelgaça psixiatriya şifoxonasiga yuborildi.
Lipkanning özi u bilan bölayotgan voqealarni özining Telegram-kanalida Lubyanka maydonida 2023 yil 24 fevralga rejalaştirilgan uruşga qarşi «God ada» mitingi haqidagi e’lon bilan boğlaydi. Şundan söng Moskva rasmiylari epidemiologik vaziyatni bahona qilib, aksiyani tasdiqlaşdan boş tortdi.
Öz navbatida, «OVD-Info» inson huquqlari loyihasi Lipkanning ta’qib qilinişiga uning intervyusi sabab bölganini yozdi, unda faol Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga va norozilik namoyişlariga munosabati haqida gapirgan.
Rossiya QK haqidagi «feyklar» uçun majburiy psixiatrik davolaş
2024 yil yanvar oyi örtalarida Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri uning idorasi Rossiya qurolli kuçlari haqida «feyklar» tarqatganlik uçun 273 ta jinoiy iş qözğatganini ma’lum qildi.













