Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lisenziyasi bekor qilingan xususiy oliygohlarning talabalari ko‘chada qolmaydi - vazirlik
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi bekor qilingan OTM talabalarining o‘qishi ularning arizasiga asosan belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanishini aytmoqda.
Foto: Kun.uz
Lisenziyasi bekor qilinadigan nodavlat oliy ta’lim muassasalarining talabalari ko‘chada qolib ketmaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat OTMning tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilgan.
Shundan 5 tasining tegishli litsenziyasi sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan, 1 ta nodavlat OTMning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.
Bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirilgan.
Hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.
“Vazirlik litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmasligini ma’lum qiladi. Barcha talabalarning arizasiga asosan o‘qishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin Kun.uz’da litsenziyasi bekor qilingan OTM talabalarining kelajakdagi ta’limi bo‘yicha muammo yoritilgan va mas’ullarga bir nechta savollar qo‘yilgandi.
Jumladan, o‘qishni ko‘chirishga ariza topshirish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, OTMning litsenziyasi olib qo‘yilgan taqdirda uning talabalari nima qilishi kerak? Ular muayyan muddatlik vaqtini yo‘qotadimi? Deylik, talaba o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza berdi, bu ariza qanoatlantirilmasa, talabaga qanday yordam ko‘rsatiladi?
OTMlar o‘quv yili boshida kvotasini tasdiqlab olgan bo‘lsa, ularda yana qo‘shimcha o‘rinlar yaratiladimi? Agar litsenziyasi tugatilgan OTMlar uchun shunday istisno bo‘lsa, u qaysi hujjatda aks etgan?
Kun.uz bu masalaga mas’ul bo‘lgan OTFIV matbuot xizmati bilan bog‘lanib, yopilayotgan nodavlat OTM talabalariga qanday yordam ko‘rsatilishi haqidagi savollar bilan murojaat qilgan, lekin vazirlik ularga javob berolmasligini bildirgandi.
Ma’lumot uchun, Adliya vazirligining licence.gov sayti reyestriga qaralsa, vazirlik 2023 yil yanvar oyidan beri 10 ga yaqin xususiy oliygohlarga litsenziya bergan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil
Iqtisodiyot | 17:58 / 01.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zoxran Mamdaniy: Nyu-York meri lavozimidagi ilk musulmon
Jahon | 08:22
-
Avstriyada ehtimoliy rossiyalik josus fosh etildi
Jahon | 08:00
-
Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga yetib bordi: S5+1 sammiti va AQSh prezidenti bilan uchrashuv rejalashtirilgan
O‘zbekiston | 07:37
-
Mega-ko‘priklar reytingi: rekordchi uchlik va Fahd dambasi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid
22:30 / 20.08.2025
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
18:15 / 20.08.2025
1-kurs talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi
21:27 / 19.08.2025
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi
13:58 / 18.08.2025