Yevropa Ittifoqi kengaşi Ukrainadagi uruş tufayli Rossiyaga qarşi joriy qilingan sanksiyalarni uzaytirdi. Bir kun oldin qabul qilingan va 20 fevral, seşanba kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida çop etilgan rezolyutsiyada çeklov çoralari 2025 yil 24 fevralgaça uzaytirilgani aytiladi.
Hujjatda ta’kidlanişiça, Rossiya kuç işlatişga taqiqni buzişda davom etar ekan, şu bilan xalqaro huquqni jiddiy buzyapti. Bunda, Yevropa Ittifoqi tomonidan şu kungaça kiritilgan «barça çoralarni kuçda saqlaş maqsadga muvofiq» va zarurat tuğilganda qöşimça çoralar köriş lozim.
Yevroittifoqning Rossiya Federatsiyasiga qarşi sanksiyalari töplami Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi arafasida – 2022 yil 23 fevralda Moskva Donbassdagi separatistik tuzilmalar «mustaqilligini» tan olgani uçun qabul qilingan edi.
Sanksiyalar 2022 yil 6 oktyabrda - Rossiyaning Ukrainaning Donetsk, Xerson, Luhansk va Zaporijjya viloyatlari hududlarini anneksiya qilgani haqidagi e’loniga javoban kengaytirildi.













