AQŞ prezidenti Jo Bayden va uning öğli Xanterga qarşi yolğon körsatma berganlikda ayblangan Federal tergov byurosi (FTB) sobiq axborotçisi Aleksandr Smirnov bu ma’lumotni Rossiya razvedkasidan olganini tan oldi, deb xabar berdi Amerikaning CNN telekanali 20 fevral kuni iş materiallariga tayangan holda. Smirnov işi böyiça prokurorning sözlariga köra, u ötgan yil oxirida rus josuslari bilan uçraşgandan söng «AQŞ saylovlariga ta’sir körsatişi mumkin bölgan yangi yolğonlarni faol ravişda tarqatgan», uning Baydenlarga nisbatan soxta poraxörlik ayblovlari oqibatlari esa «hamon sezilmoqda».

Aleksandr Smirnovning ta’kidlaşiça, u xorijiy razvedka xizmatlari vakillari bilan «keng va yaqin» aloqada bölgan, deyiladi iş materiallarida. U, şuningdek, avvalroq rossiyalik josuslar, jumladan, yuqori martabali razvedka xodimlari va «çet eldagi rossiyalik qotillar»ga rahbarlik qilganlar bilan uçraşganini tan oldi, deya iş materiallaridan iqtibos keltirgan CNN telekanali. 

Smirnovning yolğon guvohlik beriş böyiça işi 

Ötgan hafta 43 yoşli Aleksandr Smirnov xorijdan AQŞga qaytayotganida Las-Vegas aeroportida qölga olingan edi. AQŞ maxsus prokurori Devid Vays Federal tergov byurosining sobiq axborotçisini Jo Bayden va uning öğli Xanterning Burisma Holdings ukrain energetika kompaniyasi bilan bitimlarga aloqadorligi haqida yolğon körsatma berişda aybladi. 

Ayblov xulosasiga köra, Smirnov 2020 yilda Xanter Bayden işi böyiça tergov jarayonida Burisma rahbariyati unga 2015 va 2016 yillarda Jo Baydenning öğlini kompaniyani «har xil muammolardan» himoya qiliş uçun «otasi orqali» yollaganini tan olganini da’vo qilgan. Smirnov, şuningdek, Burisma rahbariyati Ukraina boş prokurori taşabbusi bilan kompaniyaga oid tergov bilan boğliq «barça masalalarni hal qiliş» uçun Jo va Xanter Baydenning har biriga 5 million dollar tölaganini aytdi. 

Jo Bayden öşa yillarda Barak Obama kabinetida vitse-prezident edi. Xanter Bayden 2014 yildan 2019 yilgaça Burisma direktorlar kengaşida işlagan. Kiçik Bayden ustidan tergov olib boruvçi maxsus prokurorning ta’kidlaşiça, aslida Smirnov Burisma vakillari bilan 2015 va 2016 yillarda emas, faqat 2017 yilda, Bayden Sr vitse-prezident bölmaganida uçraşgan. Vaysning bayonotida ta’kidlanişiça, axborot beruvçi öz körsatmasida poraxörlik ayblovlarini töqib çiqargan, çunki u prezidentlikka nomzod sifatida Jo Baydenga nisbatan adovatda bölgan.