Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati, Quva tumani sudi K.Şuhratovni (ismi-şarifi özgartirilgan) 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 

Qayd qilinişiça, marğilonlik D.Safarova (ismi-şarifi özgartirilgan) televizorda Hop-Shop TV reklamasini körib qoladi. Söngra onasiga sovğa sotib olmoqçi bölib, uşbu kanalga qönğiroq qiladi va texnika jihoziga buyurtma beradi. 

Oradan bir neça kun ötib, D.Safarovaga notaniş raqamdan qönğiroq böladi. Notaniş yigit (K.Şuhratov) özini Hop-Shop TV kanalida işlaşini, uning buyurtmasi böyiça ayrim masalalarni aniqlab olişi kerakligini aytib, suhbat boşlaydi. 

Yigit suhbat davomida D.Safarovaning öqişni tamomlab, işlayotgani, turmuşga çiqmagani, oilasi va boşqa ma’lumotlarini batafsil sörab oladi. Şundan söng, K.Şuhratov Toşkentdan Marğilonga boradi. 

D.Safarova uni izlab kelgan K.Şuhratovni körgaç, göyoki «bir neça yildan buyon özi kutgan insonni uçratgandek böladi». Yigitning barça talablarini heç şubhalanmay bajaradi. Jumladan, K.Şuhratov unga uylaniş maqsadida «uyini ta’mirlaş uçun» pul söraganda, töplab yurgan barça pullarini beradi. Yigit uni deb tayyor işini taşlab kelganini aytadi, kelgusida taksiçi bölib işlaşi uçun maşina sotib olişga yordam söraganda, heç ikkilanmay ota-onasidan pul olib beradi. 

K.Şuhratov barça talablari D.Safarova tomonidan bajarilayotganini körib, navbatdagi hiylasini boşlaydi. Qizda pul qolmagaç, uning nomiga dökonlardan va tijorat banklaridan kredit hamda turli tovarlar olib berişni iltimos qiladi. D.Safarova bu talabni ham bajaradi. 

K.Şuhratov qizni aldab, töygaça nikoh öqitib, birga yaşaşga köndiradi. Qiz nikoh öqitib, unga öz uyidan joy beradi. K.Şuhratov yeb-içişdan tortib, ust-boşigaça bölgan xarajatni D.Safarova va uning yaqinlari zimmasiga yuklab qöyadi. 

D.Safarovaning ota-onasi va aka-ukalari «kuyovdan» töy qilişni, nikohni el-yurtga oşkor qilişni söray boşlaydi. Şundan söng, K.Şuhratov Farğona şahridagi töyxonada dabdabali töy qilişiga D.Safarova va uning yaqinlarini işontirib, töy kunini belgilaydi. Hatto taklifnomalarni D.Safarovaning yaqinlariga tarqatib, hammani töyga taklif etadi. 

Şundan söng, K.Şuhratov kelin va uning yaqinlarini töplab, ularga haşamatli töyxonada katta töy qiliş uçun ança qarz bölib qolganini, öziga yana biroz yordam kerakligini aytib, ularni işontiradi. Töy kuni barçaning töyona pullarini yiğiştirib olib, Toşkent viloyatiga qoçib ketadi.