Tribuna.uz manbasi taqdim etgan hujjatlarga köra, FIFA «Bunyodkor» klubining Rivaldo oldidagi qarzdorligi – 8,1 million yevro, Denilson oldidagi qarzdorlik – 1,1 million yevro mablağni tölaş böyiça qarorni Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuborgan.

FIFA tartib-intizom qömitasi a’zolari 22 fevral kuni «Bunyodkor» klubi va braziliyalik öyinçilar örtasidagi mazkur iş böyiça qarorni qabul qilgan. FIFA qarorida quyidagilar ma’lum qilingan:

«Bunyodkor» va Rivaldo örtasidagi iş böyiça:

1. «Bunyodkor» klubi FIFA nizolarni hal qiliş palatasining 2017 yil 21 sentabrda qabul qilgan qarorini töliq bajarmaganlikda aybdor deb topilgan. Bu Sport arbitraj sudi tomonidan 2023 yil 6 noyabrda çiqarilgan qarorda töliq tasdiqlangan.

2. «Bunyodkor» klubi FIFA nizolarni hal qiliş palatasi va CAS qaroriga köra, Rivaldo Vitor Borba Ferreyrega quyidagilarni tölaşi şart:

2 489 947 yevro – klub tomonidan braziliyalik futbolçiga tölanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;

5 664 000 yevro – şartnoma bekor qilinişi sababli tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.

10 ming Şveytsariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uçun tovon puli.

«Bunyodkor» va Denilson örtasidagi iş böyiça:

1. «Bunyodkor» klubi FIFA nizolarni hal qiliş palatasining 2017 yil 21 sentabrda qabul qilgan qarorini töliq bajarmaganlikda aybdor deb topilgan. Bu Sport arbitraj sudi tomonidan 2023 yil 6 noyabrda çiqarilgan qarorda töliq tasdiqlangan.

2. «Bunyodkor» klubi Denilson Martinş Nasimentoga quyidagilarni tölaşi şart:

700 000 AQŞ dollari – klub tomonidan braziliyalik futbolçiga tölanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;

400 000 AQŞ dollari – kelişuv şartlari buzilganligi uçun tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.

10 ming Şveytsariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uçun tovon puli.