Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasiga Ğazo böyiça uruşdan keyingi rejalarini taqdim etdi.
Netanyahu taklifiga köra, Isroil öz maqsadlariga erişmagunça, ya’ni HAMAS va «Islomiy jihod» harakatining harbiy salohiyati va kuç infratuzilmasini yöq qilmagunça uruşni davom ettiradi. Söngra, asirlarni qaytaradi va «Ğazo sektoridan kelib çiqadigan ehtimoliy tahdidning uzoq muddatga oldini oladi».
Şundan söng, Isroil Ğazo sektorida çeksiz muddatga harbiy nazoratni örnatadi, şuningdek, mamlakat çegaralaridagi xavfsizlik zonasini ham saqlab qoladi.
Bundan taşqari, Netanyahu hududning Misr bilan çegarasida kontrabanda kirib kelişining oldini oliş uçun «janubiy tösiq» yaratişni taklif qilmoqda. «Janubiy tösiq imkon qadar Misr va AQŞ bilan hamkorlikda amalga oşiriladi», deyiladi hujjatda.
Reja Ğazo sektorini töliq qurolsizlantirişni nazarda tutadi, jamoat tartibini saqlaş uçun zarur bölgan qurollar bundan mustasno.
Fuqarolik sohasi böyiça Netanyahu mintaqadagi hokimiyatni terrorni qöllab-quvvatlovçi davlatlar va taşkilotlar bilan aloqasi bölmagan «ma’muriy tajribaga ega mahalliy kuçlar»ga topşirişni taklif qilmoqda.
«Ğazo sektoridagi barça diniy muassasalar, ta’lim va ijtimoiy sohani qamrab oluvçi deradikalizatsiya dasturi, iloji bölsa, öz hududida deradikalizatsiya böyiça tajribaga ega bölgan arab davlatlarining iştiroki va yordami bilan amalga oşiriladi», deyiladi hujjatda.
Bundan taşqari, Tel-Aviv Yaqin Şarqdagi falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş bilan şuğullanuvçi BMT agentligining (UNRWA) yopilişini talab qilmoqda, uning xodimlari, Isroil tomoniga köra, 7 oktyabr kuni mamlakatga hujumda iştirok etgan.
«Ğazo sektorini rekonstruksiya qiliş uning qurolsizlanişi va deradikalizatsiya jarayoni boşlanganidan keyin mumkin böladi. Qayta quriş rejalari pul va Isroil uçun maqbul bölgan davlatlar rahbarligida amalga oşiriladi», deyiladi rejada.
Isroil rasmiylari uruş HAMAS harakati butunlay yöq qilinmagunça davom etişini bir neça bor ta’kidlagan. Fevral oyi boşida Netanyahu Ğazo sektorining Misr bilan janubiy çegarasida joylaşgan Rafah şahriga quruqlikdagi harbiy operatsiyalarni kengaytirişni e’lon qilgan edi.
Bir qator davlatlar, jumladan, Falastin va AQŞ bunga qarşi. Vaşington hamkorlari bilan birgalikda mojaroni hal qilişga harakat urinmoqda. Qöşma Ştatlar va uning Yaqin Şarqdagi hamkorlari yaqin orada mintaqada uzoq muddatli tinçlik rejasini taqdim etişi mumkin, jumladan, Falastin davlatini yaratiş va ikki tomon uçun xavfsizlik kafolatlarini.













