Tergovçi Aleksey Navalniyning onasi Lyudmila Navalnayaga qönğiroq qilib, unga öğli dafn marosimi böyiça ultimatum qöydi, deb xabar qildi siyosatçi matbuot kotibi Kira Yarmiş 23 fevral, juma kuni.
«Yoki u 3 soat içida oçiq xayrlaşuv marosimisiz yaşirin dafn marosimiga rozi böladi yoki Aleksey koloniyaga dafn qilinadi», dedi Yarmiş tergovçi sözlarini keltirib. Uning sözlariga köra, Navalniy onasi Tergov qömitasi bilan muzokaradan boş tortgan, çunki ular Navalniyni qanday va qayerda dafn etişni hal qiliş vakolatiga ega emas.
«U tergovçilardan ölim sababi aniqlangan paytdan boşlab ikki kun içida jasadni topşiriş majburiyati yuklangan qonunga rioya etişni talab qilmoqda. U imzolagan tibbiy hujjatlarga köra, bu ikki kun ertaga tugaydi. Lyudmila rasmiylar dafn marosimi urf-odatlarga muvofiq ötkazilişiga ruxsat berişini talab qilmoqda», — dedi Yarmiş.
Navalniyning onasiga tahdidlar
Bir kun avval Aleksey Navalniyning onasi unga öğli jasadini körsatişganini va xayrlaşuv marosimisiz yaşirin dafn marosimiga rozi bölişini talab qilişayotganini aytdi. «Tergovçilar ölim sababini bilişini da’vo qilmoqda. Ularda barça huquqiy va tibbiy hujjatlar tayyor, men kördim va ölim haqidagi tibbiy guvohnomaga imzo çekdim. Qonunga köra, ular darhol menga Alekseyning jasadini berişi kerak edi, lekin buning örniga Alekseyni qayerda, qaçon va qanday dafn qiliş kerakligi böyiça şantaj qilib, şart qöyapti», - dedi Lyudmila Navalnaya.
Navalnayaning sözlariga köra, u bilan aloqada bölgan xavfsizlik kuçlari siyosatçi yaşirin dafn marosimi ötkazilişiga rozilik oliş uçun «buyruqqa ega». «Ular xayrlaşuv marosimisiz, yaşirinça qilişni xohlayapti, meni qabriston çetidagi yangi qabrga olib borib, «öğlingiz şu yerda yotibdi», deyişmoqçi. Uning ölimi şaxsiy fojiaga aylangan barça Aleksey bilan xayrlaşiş imkoniyatiga ega bölişi kerak», - dedi Navalnaya.
U tahdidlardan keyin videomurojaat yozişga qaror qildi. «Közlarimga qarab, agar yaşirin dafn marosimiga rozi bölmasam, öğlimning jasadi bilan nimadir qilib yuborişadi, deyişdi. Tergovçi Viropayev menga oçiqçasiga «vaqt siz tomonda emas, tana çiriyapti» dedi. Öğlim jasadini zudlik bilan menga qaytarib berişlarini talab qilyapman», - dedi siyosatçining onasi.













