“Hududiy elektr tarmoqlari” xabariga köra, AJ mutasaddilari, Toşkent hududiy filiali Qibray tuman elektr ta’minoti xodimlari hamda DXX, Boş prokuratura huzuridagi departamentning tuman bölimi vakillari hamkorligida Qibray tumanida navbatdagi reyd tadbiri ötkazilgan.
Uning davomida “Baytqörğon” MFY hududidagi xonadonda yaşovçi S.M. öz uyida 3 dona mayning kriptoaktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, jami 579,4 million sömlik elektr energiyasini öğirlaganligi aniqlangan.
Reyd davomida Mirzo Uluğbek tumani Alişerobod hududidagi xonadonda yaşovçi F.R. öz uyida 4 dona mayning kriptoaktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida elektr ta’minoti korxonasi “Elektr hisob”dan röyxatdan ötkazmasdan elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, jami 365,2 million sömlik elektr energiyasini öğirlagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani uçun 63,6 million söm qayta hisob-kitob qilindi hamda prezidentning tegişli qarorlariga asosan noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar ösuvçi koeffitsiyent qöllanib, 944,6 mln söm mablağ undirişga hujjatlar rasmiylaştirildi.
Mazkur holatlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylaştirilib, töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etildi.













