Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev «Qozoğiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta’lim, tarbiya va bolalar xavfsizligi masalalari böyiça özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunini imzoladi, deb xabar berdi Oqörda matbuot xizmati.
Kazinform ma’lumotiga köra, qonun bilan ta’lim jarayonida mobil telefonlardan foydalanişga çeklov joriy etildi.
Bundan taşqari, qonunda birinçi sinfga test sinovlarisiz qabul qilişni ta’minlaş, bolalar boğçalariga yagona navbatni ta’minlaş, diniy ma’lumotlar tarqalişining oldini oliş va ta’lim muassasalarida öz joniga qasd qilişga çaqirişni bartaraf etiş kabi normalar kiritilgan.
Şuningdek, bolalar xavfsizligi uçun ta’lim muassasalarida derazalarni himoya qulflari bilan ta’minlaş, yangi kiçik tumanlarda köp xonadonli uy-joylar qurilişi jarayonida binolarning loyiha hujjatlariga ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan ta’lim va soğliqni saqlaş obektlarining majburiy bölişi töğrisidagi normalar ham kiritilgan.
Yangi talab uç smenali maktablar muammosini hal etiş, sifatli ta’lim beriş, aholiga oson va tez tibbiy yordam körsatiş imkonini berişi ta’kidlanmoqda.













