2024 yilgi davlat dasturida jamoat transporti sohasida qator çora-tadbirlar belgilanmoqda. Ularning aksariyati yil davomida amalga oşirib boriladi.
Dasturga köra, hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantiriş maqsadida 2024 yil mart oyidan Andijon, Samarqand, Namangan, Qarşi va Urganç şaharlarida, 2024 yil dekabrdan esa Nukus, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Termiz, Guliston, Farğona, Nurafşon, Angren va Olmaliq şaharlarida muntazam avtobus yönalişlari bosqiçma-bosqiç brutto-şartnoma tizimiga ötkaziladi. Şuningdek, yil davomida grafik böyiça Nukus şahri va viloyatlar markazlari jamoat transporti uçun jami 900 ta tabiiy gazda işlaydigan avtobus xarid qilinib, yönalişlarga biriktiriladi.
Dasturda Toşkent şahrida jamoat transporti tizimini rivojlantiriş böyiça alohida band keltirilgan. Unda qayd etilişiça, 2024 yil mart oyidan poytaxtda jamoat transportini boşqarişning yagona intellektual tizimi joriy etiladi. Avtobuslar harakati ustuvorligini va piyodalar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida uzunligi 29 km bölgan 8 ta asosiy transport koridorida (83 ta çorraha va 41 ta piyodalar ötiş joyi) rekonstruksiya işlari bajariladi.
Yil davomida şahar atrofi hududlari, jumladan, Nazarbek hududidan “Çorsu” va “Paxtakor” metro bekatigaça hamda Uç qahramon hududidan Yunusobod dehqon bozori va Şahriston metro bekatigaça alohida ekspress avtobus yönalişlari taşkil etiladi.
Şuningdek, Toşkent metropoliteni uçun 11 ta yangi metro poyezdi (44 ta metro vagoni) xarid qilinadi.
Toşkent şahrida tirbandliklarning oldini oliş va piyodalar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida “Aqlli boşqaruv” tizimini joriy etiş orqali quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– transport oqimini tahlil qilgan holda ayrim köçalarda bir tomonlama harakatni taşkil etiş;
– oliy ta’lim muassasalarida öqiş vaqtlarini maqbullaştiriş hisobiga tiğiz vaqtlarda transportga bölgan yuklamani kamaytiriş;
– tiğiz vaqtlarda katta hajmli va oğir vaznli yuk avtomobillari harakatlanişini çeklaş yoki tartibga soliş;
– transport oqimi yuqori bölgan çorrahalarda svetoforlar fazalarini qayta körib çiqiş;
– 255 ta çorraha va kesişmalarni muvofiqlaştirilgan svetofor boşqaruvi – “aqlli svetoforlar” tizimiga ötkaziş;
– kamida 10 ta köçada yöl böyi pulli töxtaş joylarini taşkil etiş;













