AQŞ rasmiylari Rossiyaga qarşi eng jiddiy sanksiyalarni kiritişdan qoçmoqda. Bunga Bloomberg e’tibor qaratdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, sanksiyalarning keng kölamli röyxatida metallurgiya sohasi yöq. Şuningdek, energetika sektoriga nisbatan sanksiyalar kuçaytirilmayapti, banklarga nisbatan esa ikkilamçi sanksiyalar kiritilmayapti.
Jurnalistlarning fikriça, bu ehtiyotkorlik AQŞ prezidenti Jo Baydenning jamoasi hali ham Rossiya iqtisodiyotiga putur yetkazişi mumkin bölgan daromad oqimlari bilan şuğullanişni istamasligini aks ettiradi.
«Ular sanksiyalar ortidan AQŞ iqtisodiyotiga ta’sir körsatişi mumkin bölgan jiddiy zarbadan qörqadi», deb hisoblamoqda jurnalistlar.
Naşrning ta’kidlaşiça, Rossiyaga texnologiya va materiallarni sotib olişga, şuningdek, boyitilgan uran, alyuminiy va nikel kabi metallar savdosiga yordam beradigan xorijiy banklarga qarşi jiddiy çoralar köriş mumkin edi. Bundan taşqari, AQŞ Rossiya hukumatining muzlatilgan aktivlarini ham qölga kiritişi mumkin. Ammo jurnalistlar ta’kidlaganidek, bu çoralarning barçasi jiddiy xavf bilan boğliq.
«Rossiyaga çinakam ta’sir körsatiş uçun biz butun jahon iqtisodiyoti uçun zararli oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan köproq strategik harakatlarni amalga oşirişimiz kerak... Biz yanada qiyinroq qarorlar qabul qilişni boşlaşimiz va bu qarorlar bilan birga keladigan oqibatlarni ham qabul qilişimiz kerak», deb hisoblamoqda AQŞ Moliya vazirligining sobiq xodimi Kim Donovan.
23 fevral kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qarşi uruş va rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning ölimi tufayli Rossiyaga qarşi 500 dan ortiq yangi sanksiyalar kiritganini ma’lum qildi.
20 fevralda esa Yevropa Ittifoqi Ukraina hududlarining noqonuniy anneksiya qilinişi munosabati bilan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan çeklovçi çoralarni bir yilga — 2025 yil 24 fevralgaça uzaytirdi.













