Buyuk Britaniya hukumati idoralari «muayyan vaziyatlarda» dezertirlik va maxfiy ma’lumotlar evaziga rossiyalik amaldorlarga pul va fuqarolikni taklif qila boşladi. Bu haqda Britaniyaning iNews naşri xabar berdi.
Royal United Services Institute mudofaa tahlil markazining katta ilmiy xodimi, professor Mark Galeotti sözlariga köra, bu vosita nafaqat razvedka manbalarini jalb qilişini, balki Rossiya prezidenti Putin qalbiga «qörquv soladi».
«Odamlar mana şu imtiyozga ega böliş umidida inglizlarga ma’lumot berişni xohlaşi yoki uzatişi mumkin, bu esa Putinni xavotirga soladi. Putin va uning xavfsizlik sohasidagi hamkasblari qalbida paydo böladigan paranoyaning özi ham foydali quroldir. Çunki bu ular ötmişda Buyuk Britaniyaga sayohat qilgan yoki boşqa şunga öxşaş aloqalarga ega bölgan amaldorlarga şubha bilan qaraşini anglatadi. Şunday qilib, bunday taşabbuslar köpinça Rossiya elitasi içida kelişmovçilik va şubhalarni tarqatişga qaratilgan psixologik uruş operatsiyalarining bir qismidir», dedi professor.
Professor Galeottining aytişiça, Kremlning Ukrainaga bostirib kirişining dastlabki bosqiçida Rossiya xavfsizlik sohasida işlaydigan har qanday şaxsga ruxsatsiz xorijga çiqişni taqiqlagan. Bu esa Putinning dezertirlikdan qörqişini körsatadi.
Manbalarning eslatişiça, Britaniya «Sovuq uruş» davridan beri maxfiy ma’lumotlar evaziga pasport beriş amaliyotidan foydalanib kelmoqda.













