Tasavvur qiling, tong sahar payti, uyda oilangiz bilan uxlab yotibsiz. Şu paytda kimdir eşikni tepib sindirib, qölida qurol bilan kirib keladi. Sizga uyingizdan surgun qilinganingizni aytadi va jönaş uçun bor-yöği 2 soat vaqt beradi.

Söng sizni millatdoşlaringizga qöşib temiryöl liniyasigaça haydab boradi va yuk vagonga çiqarib, noma’lum manzilga olib ketadi. Yölda sil va boşqa kasalliklar tarqaladi, odamlar birin-ketin halok bölaveradi.

Biroq öliklarga janoza öqişga, ularni taomilga binoan dafn etişga ruxsat berilmaydi. Poyezd qisqa muddatga töxtaganda temiryöl yoqalariga kömib ketaverişadi. 1943-1944 yillarda Stalinning buyruği bilan SSSRdagi bir neçta millat mana şunday tarzda öz vatanidan quvilgan edi.

XX asrda tarix sahnida qariyb 70 yil yaşagan SSSRda köplab xalqlar juda oğir ahvolga solinadi. Bu davlatda yaşab boşidan oğir kunlarni ötkazgan turli millatlar tarixini öqib, insonning matonatiga, bardoşiga qoyil qolmaslikning iloji yöq. Ana şunday millatlardan biri çeçenlardir.

Boşqa millatlar kabi çeçenlar ham sovet davrida öz vatanidan quvilib, oğir azoblarga duçor qilinadi. NKVD rahbari Lavrentiy Beriyaning taşabbusi va Stalinning qarori bilan ular uzoq yillar vatandan ayro yaşaşga majbur böladi.

Avvalboşdanoq zöravonlik ustiga qurilgan SSSRda XX asrning birinçi yarmi muhim örin tutadi. Bu davrda sovetlar turli islohotlar ötkaziş va “davlatni içki duşmanlardan tozalaş” niqobi ostida özining 20 million fuqarosini qatağon qilgan.

Bu qatağonlar 1922 yildan 1953 yilgaça 31 yil davomida SSSRni boşqargan Iosif Stalin hukmronlik davrida amalga oşirilgan. Şu sababli bugun Stalin jahon tarixida eng yovuz va qonxör şaxslar qatorida eslanadi.

SSSRda millionlab fuqarolarni qatağon qilgan Beriya va Stalin

Öşa davrlarda avvaliga “oq gvardiyaçilar”ga qarşi kuraş, kollektivlaştiriş, keyin “mamlakatni yot unsurlardan tozalaş”, Ikkinçi jahon uruş davrida “sotqinlar” eng oxirida esa “imperializm tarafdorlari” kabi ayblovlar bilan millionlab insonlar mahv etilgan.

Stalin va Beriyaning ana şunday yovuz işlaridan biri, öz vatanida yaşab turgan bir qança millatlarni sotqinlikda ayblab, boşqa joylarga quvğin qilgani bölgan.

Jumladan: