24 fevral kuni Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi Qatarning Doha şahridagi dizayn biyennalesida «Hunarmand Özbekiston: tolalardagi an’ana» körgazma loyihasini taqdim etdi. Unda prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva ham iştirok etdi.

Jamğarma matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qilişiça, jamğarma biyennaleda iştirok etişga Özbekistonning hunarmandçilik merosini namoyiş etiş uçun taklif qilingan. Körgazmaga taşrif buyuruvçilar yoğoç, ikat şoyisi va baxmal matosidan tayyorlangan buyumlarni tomoşa qilişlari mumkin.

Körgazmada 49 ta qöl mehnati namunalari, jumladan, dizayner Nada Debs va özbekistonlik usta Sirojiddin Rahmatillayev hamkorligidagi asarlar namoyiş etilmoqda. Öz hamkorliklarida ular taşrif buyuruvçilarga an’anaviy mebel unsurlarining zamonaviy talqinini taqdim etadi.

«Biz şu kunlarda Qatar poytaxti Doha şahrida bölib ötayotgan dizayn biyennalesida Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi bilan birgalikda Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads körgazma loyihasini taqdim etmoqdamiz.

Uşbu tadbirda ham mahalliy, ham mintaqaviy, ham global miqyosda dizayn sohasiga oid ilğor tajribalar almaşinuvi bölib ötadi. Undagi iştirokimizdan mamnunman», deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

U «Hunarmand Özbekiston: tolalardagi an’ana» körgazmasida Özbekistonning boy hunarmandçilik an’analari bilan zamonaviy ijod uyğunligi namoyiş etilayotganini ta’kidlagan.

«Köp asrlik tarixga ega hunarmandçiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylaşga undaydi», deydi Saida Mirziyoyeva.

U Qatar Muzeylar idorasi vakillariga global madaniy almaşinuvni rivojlantiriş va badiiy innovatsiyalar yaratiş yölidagi harakatlari, şuningdek, biyennalega taklif uçun minnatdorçilik bildirdi.