Qozog‘istonga 500 ta Starlink tizimi uskunalari olib kelindi
Qo‘shni davlat Starlink tizimi uskunalaridan 2 000 ta olib ulardan olis hududlardagi maktablarni tezkor internet bilan ta’minlashda foydalanmoqchi.
Qozog‘istonga Starlink tizimining dastlabki 500 ta to‘plami yetib kelgan. Bu haqda Zakon.kz nashri xabar bermoqda.
Uskunalarni Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musinning o‘zi qabul qilib olgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston jami 2 mingta Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimi keladi va ular qishloqlardagi 2 000 ta maktabni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlaydi.
“Uskunalarni qabul qilish jarayonini shaxsan tekshirish uchun Olmaotaga keldim. Kelgusi haftada Turkiston va Oqmo‘la viloyatlaridagi Starlink tizimini o‘rnatishga to‘liq tayyor bo‘lgan maktablarga yetkazib berish boshlanadi”, degan Bagdat Musin.
Vazir Starlink uskunalarining keyingi partiyalari 10 kundan keyin yetib kelishini va barcha hududlarga tarqatilishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, hozircha Qozog‘istonda Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimi internet aloqasidan shaxsiy maqsadlarda foydalanib bo‘lmaydi. Bu noqonuniy hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:18 / 18.01.2025
Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi
23:29 / 16.01.2025
Qozog‘istonda 10 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
16:37 / 16.01.2025
Maskning yordami - milliarder Kaliforniyadagi yong‘in hududlariga Wi-Fi'dan bepul foydalanish imkoniyatini berdi
18:38 / 15.01.2025