Dilnura Berdiyeva Toşkent viloyati Angren şahrida tuğilgan, oilali, 3 nafar farzandning onasi. U Toşkent tibbiyot akademiyasida bakalavriat va magistraturani tamomlab, 10 yil davomida Angren şahridagi tuğuruqxonada hamşira lavozimida işlagan. Qahramonimiz 2023 yil sentabr oyida Şveytsariyaning tibbiyot sohasidagi kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan dastur asosida Germaniyaning Aaçen şahriga işlagani ketgan.
«Yevropaga ketiş men uçun katta imkoniyat edi»
Har doim menga hamşiralik qiziq bölgan. Eng katta orzularimdan biri Yevropa davlatlarida hamşiralik kasbi, faoliyati bilan tanişiş edi. 2021 yil aprel oyida Özbekiston Taşqi migratsiya agentligi tomonidan Germaniyadagi uniklinikumlarga Özbekistondan hamşiralar işga jalb qilinayotgani haqida xabar berildi.

Bu men uçun katta imkoniyat edi va şuni uşlab qolişga harakat qildim. Örganib çiqdim, Şveytsariyadagi bir kompaniya, Özbekiston Taşqi migratsiya agentligi, Germaniyaning Aaçen şahridagi uniklinikum bilan hamkorlikda bölayotgan ekan. Germaniyada «uni» sözi asosan «universitet» ma’nosida qöllaniladi, bu uniklinikumni örganib çiqdim, bu klinika Yevropada 2-örinda turadi, ixtisoslaştirilgan markaz va katta masştabga ega ekan. Bu yerda öz kasbiy malakamni yanada oşirişim, çet tillarini örganişim, bu yerning madaniyatini örganiş imkoniga ega böldim. Keyin dastur taşabbuskorlari tomonidan uyuştirilgan suhbatlarda qatnaşib, jarayonlardan muvaffaqiyatli ötdim.
Germaniyaga ketiş jarayonida öziga yaraşa talablar bor edi. Ya’ni nomzod 39 yoşdan oşmagan, kamida 2 yillik iş tajribasi, tibbiyot xodimi bölişi, B2 sertifikatiga ega bölişi kerak. 2 marta suhbat böldi, birinçisi hamkor Şveytsariya kompaniyasi tomonidan Toşkent şahrida savol-javob ötkazilgan, unda çet elga çiqiş maqsadimiz, tibbiyotga oid savollar söralgan. Ikkinçi suhbatga esa uniklinikumdan kelişgan, klinikaning maxsus integratsion dastur xodimlari kelib, individual suhbatdan ötkazişgan.
Suhbatlar muvaffaqiyatli ötgaç Taşqi migratsiya agentligi va Şveytsariya kompaniyasi tomonidan Sergeli tumanida alohida joy ajratilib, [suhbatdan ötgan] nomzodlar uçun hamma şaroitlar yaratilib, bir yil davomida bepul nemis tili örgatildi, yotoqxona ham ajratildi. Bir yildan söng B2 sertifikatiga ega böldim.
Xohiş kuçli bölişi kerak, çunki köp nomzodlar ança qiynalişdi.

Hujjatlarga kelsak, asosiylari kollej yoki oliy ta’lim muassasasi diplomi, fuqarolik pasporti kerak böladi. Viza oliş jarayonlari va boşqa hujjat işlari Taşqi migratsiya agentligi tomonidan amalga oşirildi. B2 sertifikatini olgaç, oilamiz yoniga qaytdik va hujjat işlari tugaşini kutdik. Özimning vizam 5 oydan söng çiqdi va sentabr oyi oxirida Germaniyaga keldik.
«Germaniyada işga taklif qilinayotgan odamga dastlab til örgatiladi»
Hammasi şartnomada körsatiladi. Siz bu loyihaga qatnaşişingizdan boşlab to kutib oliş, joylaştirişgaça özlari nazorat qilib, yordam berişadi. Uniklinikumga kelişimiz bilan bizni iliqlik bilan kutib olişdi, Özbekiston bilan birinçi marta şartnoma tuzişlari ekan, özbekistonlik hamşiralarni birinçi marotaba körib turganlari uçun, bu ularga ham yangilik böldi. Bir oy davomida integratsion dasturda böldik. Şu vaqt davomida uniklinikumdagi iş jarayonlari, tartib-qoidalar bilan taniştirişdi.
Tizimlar kompyuterlaştirilgani uçun kompyuter bilan işlaş ham örgatildi, nemis tilini biliş darajamiz yana bir tekşirildi. Integratsion dasturdan söng bizni ilgari Özbekistonda qaysi yönalişda işlagan bölsak, şu böyiça işlarga qöyişdi. Men 2 oy davomida operatsion ginekologiya bölimida işladim. Bu yerda germaniyalik hamşiralar bilan teng huquqli böliş uçun tan olinişdan ötiş kerak böladi. Bu tan oliniş işlagan soatlarga qarab beriladi, agar iş soati yetmasa, boşqa uniklinikumlarda töldiriş kerak böladi.
Men ham yetmagan soatlarni töldiriş uçun qariyalarga, nogironlarga xizmat körsatadigan markazning davolaş bölişimida bir oy işladim, poliklinikada ham bir oy malaka oşirdim. Kuni keça esa tan oliniş suhbatidan muvaffaqiyatli ötdim. Bu suhbat imtihon körinişida ötadi, unda siz iş jarayonida örgangan bilim, könikmalaringizdan kelib çiqib, javob berişingizga töğri keladi.

Endi yangidan şartnoma qilinsa, men oila a’zolarimni ham taklif qilişim mumkin böladi. Farzandlarim kelib, şu yerdagi maktabda öqişadi. Turmuş örtoğimga ham iş izlayapmiz, köp sohalarda böş iş örinlari bor ekan. Lekin B1 sertifikati talab qilinadi. Germaniyada har bir işga taklif qilinayotgan odamga dastlab til örgatilar ekan. Viza oliş uçun ham kamida B1 sertifikati bölişi kerak, lekin bu yerdan turmuş örtoğimni taklif qilsam, viza uçun A1 sertifikati ham yetarli böladi, farzandlarimdan esa til biliş söralmaydi. Lekin özlari uçun til örganib kelganlari ma’qul. Çunki farzandim bu yerga kelib nemis maktablarida öqişlariga va turmuş örtoğim ham til bilişiga töğri keladi.
«Amaliyot jarayoni bölsa ham, öqiş bölsa ham, haq tölanadi»
Intergatsion dasturni boşlagan kunimizdan boşlab bizna iş kuni sifatida oylik tölanyapti, bu ham şartnomada körsatilgan, amaliyot jarayoni bölsa ham, öqiş bölsa ham, haq tölanadi. Şartnoma böyiça 2400 yevro, suğurta, soliqlar çegirib qolinganda 1700-1800 yevro qoladi. Uniklinikumga tegişli yotoqxonaga joylaşdik biz, har bir kişiga xona berilgan, şaroitlar yaxşi. Yotoqxonaga 300 yevro tölanadi oyiga. Bundan taşqari, jamoat transporti uçun 49 yevrodan olinadi oyiga. Kundalik ehtiyojlarga 200 yevro atrofida ketadi, har kimning öziga boğliq. Tan oliş suhbatidan ötdik, endi oyliklarimiz oşadi, boşqatdan şartnoma qilinib, germaniyalik hamşiralar bilan teng huquqlilik beriladi, maoşlar ham şunga köra böladi.
«Tibbiyot xodimlari örtasida notenglik yöq»
Internetdagi turli reklamalarga uçib har xil kompaniyalar orqali Germaniyaga kelib köp xatoliklarga yöl qöyyotgan yurtdoşlarimiz ham bor. Şuning uçun Taşqi migratsiya agentligiga murojaat qilişsa, töğri maslahat berişadi.
Birinçi örinda havosi yoqdi. Qanday savol bersangiz ham, erinmasdan tuşuntirib javob berişlari yoqdi, vaqt adratişadi, yuz burib ketiş yöq. Inson qadri juda baland. Tibbiyot xodimlari örtasida notenglik yöq, parvariş bilan boğliq asosiy işlarni hamşiralar bajaradi. yoki oddiy xodim deb ajratiş yöq, barça tibbiyot xodimi sifatida teng huquqli. Asosiy işlarni hamşiralar bajaradi bu yerda. Hamşiralar uçun alohida katta xonalar qilingan, barça şaroitlari bor. Yana bir e’tiborli tomoni, hamşiralar ham, şifokorlar ham tinimsiz öz ustida işlaşadi. Biror xatoga yöl qöyişsa, buni aytişdan uyalişmayli va öşa xatolarni töğrilaşga harakat qilişadi. Katta şifokorlardan tortib kiçik tibbiy xodimlargaça birga ötirib ovqatlanişadi, bir zil şaroitda işlaşadi. Özaro hurmat, qadr-qimmat baland.
“[Xorij mamlakatga] kim kelmoqçi bölsa, qörqmasligi kerak»
Boşida turmuş örtoğim qarşi böldilar. Köpçilik iş qidirib kelişadi çetga. Şaxsan menda bunday qiziqiş bölmagan asosiysi, çunki Özbekistonda erimning xam, özimning ham işim yaxşi edi, farzandlarim ham yaxşi maktabda öqişardi. Asosiy maqsadim yevropalik hamkasblarim faoliyatini köriş edi. Özbekistondagi hamşiralar rivojlangan davlatlarda malaka oşirişlarini istardim. Bir-ikki oy bölsa ham malaka oşirişim kera deb yurardim. Bu imkoniyat paydo bölgaç turmuş örtoğimga yotiği bilan tuşuntirdim. Til örganaman, jarayon ketadi, siz qöllab turing, dedim. Töğri tuşundilar.
Vatan soğinçi bor. Hozir har kuni 2-3 mahal videoqönğiroq orqali gaplaşib turibmiz. Farzandlarimga ham motivatsiya berib turaman, nemis tilini yaxşi örganişlarini aytaman. Oila a’zolarim qaçon kelarkan deb qörqişgan, köp vaqt bölib ketadi deb. Lekin dekabr oyida körib keldim oilamni. Yil oxirida 8 kunlik ta’til berişdi, bizda Özbekistonda 11 oydan keyin ta’tilga çiqiş mumkin, adaşmasam. Endi mart oyida yana borişni rejalaştiryapman Özbekistonga, oilam bilan keliş uçun kerakli hujjatlarni xam tayyorlayman.
Kim kelmoqçi bölsa, qörqmasligi kerak. Agar Özbekistonlik hamşiralar işlasa, bemorlar ham xursand böladi. Çunki Özbekistonliklar vijdonan işlaydi, deb e’tirof etişadi ular ham. Özimni xam xursand bölib kutib olişadi, mamnun ekanini aytişadi.
Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi,
Tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi Muhiddin Qurbonov.







