«Biz bunga yaqinmiz, — degan Bayden. — Biz hali tugallaganimiz yöq. Umid qilamanki, keyingi duşanba kunigaça biz otaşkesimga erişamiz».
Amerika prezidentining sözlariga köra, musulmonlar uçun muqaddas hisoblangan Ramazon oyi davrida vaqtinça sulh tuziş böyiça «prinsipial kelişuv»ga erişilgan.
«Isroilliklar Ramazon oyi vaqtida bizga barça garovdagilar ozod etişga vaqt beriş uçun tadbirlar ötkazmaslikka rozi böldi», — degan Bayden.
Misr, Qatar va AQŞ vakillaridan iborat vositaçilar iştirokidagi muzokaralar hali davom etmoqda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron seşanba kuni Parijda Qatar amiri, şayx Tamim ibn Hamad Ol Soniyning taşrifi kutilayotganini aytgan.
Şayx Tamim «zudlik bilan va doimiy amal qiladigan sulh bitimiga erişiş» uçun Dohada HAMAS rahbari Ismoil Xoniya bilan uçraşdi, deya xabar bergan Qatar rasmiy axborot agentligi.
Avvalroq anonim tarzda Ynet sayti bilan gaplaşgan isroillik mulozim «voqealar rivoji ijobiy yönalişda» ekani haqida aytgandi.
AQŞ Davlat departamenti rasmiysi Metyu Miller esa sönggi bir neça kun içida garovdagi isroilliklarni ozod etiş böyiça muzokaralarda siljiş kuzatilayotgani, ammo HAMAS vositaçilarning sönggi takliflariga könişi hozirça aniq emasligini aytgandi.
«Biz Misr, Isroil, AQŞ va Qatar örtasidagi muzokaralar davomida progressga erişdik», — degan Miller.
BBC’ning Yaqin Şarq böyiça muxbiri Yolanda Knellning qayd etişiça, prezident Baydenning izohi — yangi kelişuv ehtimoli haqidagi eng ijobiy yangilikdir.
Ammo Isroil va HAMAS hozirda jamoatçilik köz öngida ehtimoliy sulh borasida hamon bir-birini zid etuvçi pozitsiyada qolmoqda.
Reuters agentligi muzokaralarga yaqin bölgan yuqori martabali manbaga asoslanib xabar berişiça, HAMAS hamon barça harbiy amaliyotlarda 40 kunlik tanaffus hamda Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarni isroillik asirlarga 10 ga 1 körinişida almaştirişni közda tutuvçi kelişuv loyihasi ustida işlamoqda.
Harbiy harakatlar töxtatilişi Ğazo uçun öta zarur bölgan yordamlar hajmini oşirişga, novvoyxonalar va şifoxonalarni ta’mirlaşga imkon berişi kutilmoqda.
Şu bilan bir vaqtda, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu har qanday sulh Ğazo sektori janubidagi Rafah şahriga rejalaştirilgan hujumning oldini ololmasligi va faqat ortga surişi mumkinligini qayd etgan, u bu hududdagi amaliyotni HAMAS ustidan «töliq ğalaba»ga erişiş uçun muhim deb atagan.














