Tabiati betakror, öziga xos iqlimga ega bölgan eksklav hudud — Söx tumanini uç tomondan purviqor toğlar örab turadi. 84 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan tumanda ayni paytda bitta markaziy şifoxona, 2 ta oilaviy poliklinika, 9 ta oilaviy şifokor punkti hamda bitta köp tarmoqli markaziy poliklinika faoliyat yuritmoqda.

«Yaqin yillargaça söxliklar uçun sifatli tibbiy xizmat oliş azaliy va uşalmas orzu edi. Ammo bugun tuman tibbiyotida keçayotgan özgarişlar tamomila özgaça. Ayniqsa, keyingi 3-4 yilda birlamçi tizimdagi yangilanişlar toğliklar hayot tarzini butunlay özgartirib yubordi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

«Manzilga yetib borolmay, bir-ikki bola maşinamda tuğilgan»

 — Oldin poliklinikamizda bitta döxtir, bitta farroş işlardi, — deydi söxlik Ibrohim ota Salayev. — Keçasi kimdir kasal bölsa, markazga borardik. U paytlari «Jiguli» avtomaşinam bölardi. Bemorning yaqini şofyor bölsa, kalitini berardim. Qançasini özim ham olib borganman. Hatto manzilga yetolmay, bir-ikkita bola maşinamda ham tuğilgan. Çunki hozirgidek şaroitlar yöq edi-da.

Ibrohim ota Salayev

Prezidentning 2022 yil 25 apreldagi tegişli qarori asosida yangilangan «Qişloq şifokori» dasturi qabul qilindi. Unga köra, Söx kabi olis va çekka hududlardagi oilaviy şifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barça şifokorlar maoşiga qöşimça 2 million söm miqdorida har oylik ustama tölaş belgilandi.

Şuningdek, ularga özi işlayotgan hududdan ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olişda uy-joy qiymatining 50 foizigaça qismi mahalliy budjet mablağlari hisobidan qoplab berilişi közda tutilgan. Qolaversa, 2 yil uzluksiz işlagan şifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi. Daromad soliği aynan Söx tumanida işlaganlar uçun 1 foizni taşkil etadi.

«Avtomaşinali böldim, endi uyga navbat»

Bunday imkoniyatlar tufayli bugun 40 nafarga yaqin şifokor yurtimizning boşqa hududlaridan mazkur tumanga kelib faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri asli samarqandlik bölgan «Demursad» oilaviy şifokor punkti rahbari Fotima Xöjanovadir.