«Dunyo» xabariga köra, taşrif davomida mazkur kompaniya rahbari O Jun Xvan hamda mutasaddi boşqaruv vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Şuningdek, avval ötkazilgan muzokaralar yakuni bilan erişilgan kelişuvlarga asosan uşbu kompaniyaning işlab çiqariş quvvatlari va jarayonlari bilan yaqindan tanişildi.

Mazkur kompaniya mutaxassislari Özbekistonda guruç mahsulotini boşoqlardan tozalaş va qadoqlaş jarayonlari bilan yaqindan tanişiş maqsadida 2023 yil söngida mamlakatga kelib, örganiş işlari olib borgan. Örganişlar natijasida, mamlakatda guruçni qayta işlaş jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni qöllaş böyiça takliflar işlab çiqilgan.

Suhbat çoğida Woomin kompaniyasi rahbariyati tomonidan Özbekistonda mazkur zamonaviy texnologiyalarni qöllaş evaziga guruç mahsulotlari sifatini oşiriş va eng avvalo uni tozalaş jarayonlaridagi yöqotişlar hajmini sezilarli darajada kamaytirişga erişiş mumkinligi ta’kidlandi. Şu bilan birga, kompaniya Özbekistonda öz faoliyatini olib boriş böyiça huquqiy asoslarni tayyorlaş va yuridik hujjatlarni röyxatdan ötkaziş maqsadida joriy fevral oyining ikkinçi yarmida Özbekistonga safar rejalaştirilgani ma’lum qilindi.