Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabariga köra, departamentning Qöqon şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “F.Ş.” MÇJga qaraşli dorixona rahbari R.B. va sotuvçisi O.Ş. xaridorga heç qanday hujjatsiz jami 105 dona “Gabapentin” va “Karbamazepin” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini şifokor retseptisiz sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentning Bektemir tuman bölimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. noqonuniy daromad orttiriş maqsadida jami 44 dona “Zardeks” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini fuqaro S.B.ga sotgan vaqtida uşlanib, uning yonidan jami 53 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













