"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari delegatsiyasining Polshaga tashrifi doirasida o‘tkaziladigan qo‘shma biznes-forumga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Forumda iqtisodiy hamkorlik va O‘zbekistonga investitsiya jalb qilishning amaliy imkoniyatlari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Aleksandra Xanzel so‘zlariga ko‘ra, Polsha tomoni biznes-forumga puxta hozirlik ko‘rmoqda. Ayni paytda biznes-forumda ishtirok etish uchun 128 ta polyak va xorijiy kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan.








