Aleksey Navalniy tarafdorlari Rossiya prezidenti saylovi kuni - 17 martda tuşda saylov uçastkalariga kelişga va şu tariqa hibsda vafot etgan muxolifatçining «sönggi vasiyatini» bajarişga çaqirildi. «Bizda Aleksey Navalniydan töğridan töğri siyosiy vasiyat bor – uşbu aksiya», dedi Navalniyning tarafdori Leonid Volkov 27 fevral, seşanba kuni videomurojaatida Navalniyning 1 fevraldagi posti skrinşotini körsatib.
Uning sözlariga köra, «bu uning sönggi siyosiy posti, u (Aleksey Navalniy) yetkazgan oxirgi gapi». «Bu endi yolğizlikni yengişga qaratilgan siyosiy aksiya emas, bu ham motam mitingi, fuqaroni yod etiş marosimi, agar xohlasangiz, bu Aleksey Navalniy xotirasiga bağişlangan aksiya. Bu Aleksey Navalniy bizdan amalga oşirişni söragan aksiya», - deb ta’kidladi Volkov.
Şuningdek, u aksiyaning asosiy mazmuni - 17 mart kuni soat 12:00 da Navalniy «sönggi vasiyatini» bajarib, keliş ekanligini, saylov uçastkalarida nima qiliş - saylov byulletenlarini yaroqsiz holga keltiriş yoki nomzodlardan biriga ovoz beriş muhim emasligini aytdi.
«Siyosiy kuraş 17 martda tugamaydi»
Rossiyadagi saylovlardan keyin nima bölişi haqida gapirar ekan, Volkov muxolifatçilarning siyosiy kuraşi «rejim tugagunça» davom etişiga va’da berdi. «17 martdan keyin yangi siyosiy loyihalar, yangi ğoyalar paydo böladi, biz Alekseysiz, lekin uning tamoyillariga köra, uning buyruğiga köra özimiz işlab çiqişimiz kerak. Ğayrioddiy ğoyalar, umumiy qabul qilingan siyosiy amaliyotga zid bölgan loyihalar bilan çiqiş lozim, lekin rejim oxir-oqibat parçalanmagunça unga zarba beriladi», dedi Leonid Volkov.
Aleksey Navalniy 1 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan sönggi postida özini qöllab-quvvatlayotganlarni 17 mart kuni roppa-rosa tuşda saylov uçastkalariga kelişga çaqirib, buni «töliq qonuniy va xavfsiz haqiqiy umumrossiya norozilik aksiyasi» deb atadi.
16 fevral kuni Federal jazoni ijro etiş xizmati (UFSIN) Yamal-Nenets avtonom okrugi böyiça boşqarmasi Aleksey Navalniyning 3-sonli axloq tuzatiş koloniyasida vafot etganini ma’lum qildi. Navalniyning şeriklari muxolifat yetakçisining öldirilgani ehtimoli yuqori ekanini aytdi.













