Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga köra, Qozondagi “ENKA Inşaat ve Sanayi A.Ş.”, Çelyabinskdagi “Agropark Ural”, Rostov-Dondagi “Kaçevnik” korxonalarida işlayotgan özbekistonliklar va ularning iş beruvçisi bilan uçraşuvlar ötkazildi.

Çelyabinskdagi Savdo-sanoat palatasida hududdagi 14 ta taşkilot vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda 2017 yilda Rossiya va Özbekiston örtasida taşkiliy tarzda fuqarolarni işga jalb etişga doir imzolangan hukumatlararo kelişuv va Vazirlar Mahkamasining 725-sonli qarori talablari batafsil tuşuntirildi.
Şuningdek, Sankt-Peterburg, Tula, Perm, Volgograd va Voronejda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy va huquqiy yordam körsatilib, pasportlari olib berildi. Tulada qiyin ahvolda qolgan va Moskvada oğir tan jarohati olgan yurtdoşlar Moskva - Toşkent, Moskva - Samarqand aviareyslari orqali vatanga qaytarildi.















