Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosari Akrom Rahmonqulov ozodlikka çiqarilgan. Buni Kun.uz'ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.

Jinoiy şeriklari bilan 20 mlrd sömlik budjet mablağlarini talon-toroj qilişda ayblanib, 2021 yil dekabr oyida 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan sobiq amaldorning qanday asos bilan oçiqqa çiqarilgani hozirça ma’lum emas. Bu borada Kun.uz söroviga Oliy sud hozirça izoh bermadi. Şuningdek, Jizzax viloyati hokimligidan ham izoh olişning imkoni bölmadi.

MIB ma’lumotlariga köra, hozirda Jizzax şahridagi bozorda Akrom Rahmonqulovga tegişli 152 ta savdo dökoni sotuvga qöyilgan.

MIB Jizzax viloyati boşqarmasi iş yurituvida jami 19 mlrd 159 mln sömga baholangan “Eski şahar buyum savdo kompleksi” AJ hududidagi 1-9 bloklarda joylaşgan 152 ta savdo dökoni böyiça ijro hujjati mavjud. Unga köra, mazkur savdo dökonlarini sotuvga qöyib, tuşgan mablağdan Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” IKga yetkazilgan zararning qoplanmagan qismini qoplaş va qolganini davlat daromadiga ötkaziş közda tutilgan.

Ijro harakatlari davomida bu dökonlarning savdoga çiqarilişi yuzasidan qarzdorlar ogohlantirilgan. Şuningdek, ijro hujjatlarida körsatilgan savdo dökonlari “Ye-auksion” platformasiga savdoga çiqarib, bu haqda savdoga dökonlariga xabarlar joylaştirilgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yil aprelidan 2021 yil yanvarigaça Jizzax viloyati hokimining quriliş va sanoat böyiça örinbosari bölib işlagan Akrom Rahmonqulov Jizzax şahrida 6 qavatli binoning bir qismi qulaşi ortidan işdan olingan edi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Rahmonqulovni siyosatga xiyonatda ayblab, uning “butun tödasiga qonuniy jazo belgilaş”ni talab qilgandi.

Undan avvalroq jamoatçilik suriştiruvlarida Rahmonqulov va uning qarindoşlari Jizzaxdagi bir neça yuz milliardlik davlat buyurtmalarini qölga kiritib kelgani ayon bölgandi.

2021 yil aprel oyida boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev Akrom Rahmonqulov va uning 10 nafar jinoiy şerigi qamoqda ekanini ma’lum qilib, jinoiy guruh qariyb 20 mlrd sömlik budjet mablağini talon-toroj qilganini