Senatning ön törtinçi yalpi majlisida iştirok etgan Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev korrupsiyaga qarşi kuraşişda, xususan Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosari Akrom Rahmonqulovning korrupsiyaviy harakatlarini oşkor etişda blogerlarning hissasi yuqori bölayotganini ta’kidladi.

«Sönggi yillarda jamoatçilik, ayniqsa blogerlar korrupsiyaga qarşi kuraşişda faollaşganini aytib ötmoqçiman. Birgina Jizzax viloyati hokimi örinbosari Rahmonqulovning korrupsiyaviy qilmişlari töliq foş qilinişida ularning hissasi katta böldi.

Aytiş joiz, Rahmonqulov 2018 yilda viloyat hokimining örinbosari lavozimiga tayinlangaç, uyuşgan guruh tuzib, budjetning milliardlab mablağlarini talon-toroj qilib kelgan. Şu maqsadda viloyatda quriliş sohasi rahbarligiga hamda viloyat tender komissiyasiga taniş-bilişlarini qöyib, ular orqali özining ğarazli maqsadlariga şaroit yaratgan», deydi Boş prokuror.

Uning ma’lum qilişiça, hozirgaça tergovda aniqlangan holatlarga köra, Akrom Rahmonqulov 2018—2020 yillarda jami 494 mlrd sömlik 82ta obektlar quriliş-ta’mirlaş işlarini özining rahnamoligidagi 9ta pudrat taşkilotlariga topşirib, quriliş işlari hajmini sun’iy ravişda oşirilgan narxlarda rasmiylaştiriş, qöşib yoziş orqali qariyb 20 mlrd sömlik budjet mablağlarini talon-toroj qilgan.

Şuningdek, tergovda Akrom Rahmonqulovga tegişli korxonalarda 12 mlrd söm, Jizzax şahridagi «Eski şahar» buyum bozorida qurilgan 172ta savdo dökoni, köp qavatli uylarda 14ta xonadon, 43ta avtomaşina, 37ta boşqa köçmas mulklar borligi aniqlanib, zararni undiriş uçun xatlangan.

Qöşimça qilinişiça, hozirda Rahmonqulov va uning 10 nafar jinoiy şeriklari qamoqqa olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uçun, Davletovuz Telegram-kanalida Akrom Rahmonqulovning qarindoşlari bir neça yuz milliardlik davlat buyurtmalarini qölga kiritgani haqida suriştiruv e’lon qilingandi.

Keyinçalik, prezident Jizzaxda quriliş sohasidagi mojarolar ortidan Jizzax viloyati hokim örinbosari Akrom Rahmonqulovni siyosatga xiyonatda ayblagan va keyinroq u