Suv toşqinlari, tropik siklonlar, dovullar va konvektiv böronlar natijasida global iqtisodiy yöqotişlar yiliga 200 milliard dollarni taşkil qilişi mumkin. Uşbu baho 28 fevral, çorşanba kuni Şveytsariyaning Swiss Re qayta suğurta kompaniyasi tahliliy bölimi - Swiss Re Insitute tadqiqotçilari tomonidan e’lon qilindi. 

Hisobot mualliflari 2022 yildagi ma’lumotlarga asoslanib, yuqorida qayd etilgan tört turdagi tabiiy ofatlarning ehtimoliy iqtisodiy oqibatlarini 36 mamlakat uçun tahlil qilib, ular Filippin uçun eng jiddiy hisoblanişini aniqladi. Bu yerda yillik yöqotişlar mamlakat YaIMning 3 foizigaça yetişi mumkin.

Davlat iqtisodiyoti hajmiga nisbatan tabiiy ofatlardan ehtimoliy zarar hajmi böyiça ikkinçi örinda YaIMning 0,38 foiz darajasi bilan Qöşma Ştatlar turibdi. Keyingi örinlarda Tailand, Avstriya va Xitoy. Germaniya uşbu röyxatda 14-örinda, unda bu körsatkiç yalpi içki mahsulotning 0,14 foizini taşkil etişi mumkin. 

Mutlaq körsatkiçlar nuqtayi nazaridan, tabiiy ofatlardan eng katta iqtisodiy zarar AQŞga tegişli. U yiliga 97 milliard dollarga baholanmoqda. Tahlilda Rossiya uçun ma’lumotlar yöq. 

Tabiiy ofatlar ta’sirida iqlim özgarişi roli 

«Iqlim özgarişi oğir ob-havo hodisalari sonining köpayişiga olib keladi va şuning uçun tobora jiddiy iqtisodiy yukka aylanmoqda», dedi Swiss Re boş iqtisodçisi Jyerom Jan Xegeli. 

Ta’kidlanişiça, zararni baholaşda suğurtalangan mulkka yetkazilgan zarar emas, balki uning töliq hajmi ham hisobga olingan. Şu bilan birga, faqat törtta tabiiy ofatning oqibatlari körib çiqildi. Swiss Re Insitute ekspertlari fikriça, iqlim özgarişi natijasida kelajakda tabiat hodisalaridan yetkaziladigan zarar miqdori oşişi mumkin.