Bir yilda 10 million avtomobil sotib rekord örnatgan kompaniya – Toyota muzeyiga sayohat
|20:53 / 01.03.202446 6289 min
Yaponiyaga safari davomida Kun.uz ijodiy guruhi Toyota Memorial sanoat va texnologiya muzeyida böldi. Muzey böylab ekskursiya haqidagi katta körsatuvni e’tiboringizga havola qilamiz. Bizga gid vazifasini Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Alişer Umirdinov ötab berdi.
Muzeyga sayohat bilan videoşaklda tanişing. Quyida Alişer Umirdinov aytib ötgan ma’lumotlar qisqartirilgan holda matn şaklida keltirib ötiladi.
— Bu joy aslida ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalar yaratiş uçun möljallangan, Toyota'ning ilk laboratoriyasi desa ham böladi. 1911 yilda Sakiçi Toyoda tomonidan taşkil etilgan, Nagoyaning Sako tumanida joylaşgan.
1906 yilda Sakiçi Toyoda yarim avtomat şakldagi ip yigiruv texnologiyasini yaratadi. Yaponiya dunyoga oçilişni boşlaganda birinçi bölib yengil sanoatga, asosan tekstil sohasiga kuç taşlagan. Yengil sanoatni mexanizatsiyalaştiriş aynan Sakiçi Toyoda tomonidan boşlangan. 1924 yilda eng birinçi avtomatlaşgan ip yigiruv dastgohi ixtiro qilinadi. Sakiçi Toyoda duradgorning öğli edi.
Yaponiyada 1885 yilda patentlarni monopoliyalaş töğrisida qonun qabul qilinadi, şu narsa Sakiçi Toyodaga turtki böladi. U ixtiro qilib, patentlasa, yaxşi pul kelişini tuşunadi. Şunday keyin avtomatlaştiriş ustida işlaydi. Uning 1924 yildagi avtomatlaştirilgan ip yigiruv dastgohi 1929 yilda Angliyaning Platt Brothers and Co kompaniyasiga 100 ming funt sterlingga sotiladi. Sakiçi Toyodaning öğli Kiiçiro Toyoda bu pullarni avtomabil işlab çiqarişga tikadi. Ammo tekstil ham töxtab qolmagan, doimiy rivojlanib borgan.
Kompaniya avtomobil işlab çiqariş soxasiga ötayotganda eng katta muammolaridan biri motor işlab çiqariş bölgan. Keyinçalik buni ham yölga qöyib olişgan.
Toyota muzeyiga Xitoydan keluvçi sayyohlar köp, çunki oxirgi yillarda Xitoydagi iqtisodiy ösiş sabab turli sohalarga qiziqiş ortgan, Yaponiyadan turli narsalarni örganişadi.
Kiiçiro Toyoda Angliyaga borganida bir vaqtlar gullab-yaşnagan tekstil şaharçalarning inqirozini köradi. Şu sababli özining kompaniyasi bu sohada yetakçi bölib, yuqori darajada bölsa ham, biznesni diversifikatsiya qiliş kerakligini tuşunadi va avtomobil işlab çiqariş sohasiga ötişga qaror qiladi.
Mavzuga oid
1933 yilda Toyota avtomobillarini işlab çiqariş böyiça taşkiliy guruhga “Toyota Boshoku” tekstil kompaniyasidan bittagina xona ajratiladi va loyihalar öşa yerdan boşlanadi. Kiiçiro Toyoda eng yaxşi texnologlarni yiğadi va avtomobil işlab çiqariş ustida işlay boşlaydi.
Kompaniya öz maşinalarini yaratişda Chevrolet maşinalarida köçirma olgan. Motor işlab çiqariş texnologiyasini yaratiş qiyin bölgan. Motor silindriga qoliplarni yaratiş qiyinçilik tuğdirgan. 1933 yildan 1935 yilgaça muvaffaqiyatsiz örinişlar bölgan. Oxir-oqibat Chevrolet motoridan ham kuçli motor yaratişgan.
Bundan keyin maşinaning taşqi körinişi qanday böladi, degan masala örtaga çiqqan. Texnologiyalari bölmagani uçun ilk bor yoğoçdan maşina (karkasini) yasaşadi va ustiga metal qoplab çiqişadi. Bu boradagi ğarb texnologiyalari patentlangan edi, sotib oliş esa juda katta mablağ talab qilardi. Şu sababli barça işlarni özlari qilişgan.
Maşina işlab çiqarila boşlagaç, kompaniya birinçi örinda servis xizmatlariga urğu bergan. Çunki ilk maşinalarda kamçiliklar yetarli edi, şu sababli mijozlarga servis xizmatlari körsatiş keng yölga qöyilgan. Kiiçiro Toyodaning özi ham servis işlarida qatnaşib, kamçiliklar uçun mijozlardan uzr söragani aytiladi.
6 rasm
Kiiçiro Toyodaning otasi Sakiçi Toyoda yangi texnologiyalar yaratişga insayd oliş uçun juda köp safarlar qilgani aytiladi, u yerdagi dastgohlar bilan tanişgan. Bu an’ana keyinçalik ham davom etgan. Toyota vakillari Ford kompaniyasiga borib, köplab insaydlar olişgan. Yana bir jihat şuki, ular özlarining texnologiyalarini jahonga oçişdan qörqişmaydi, çunki içkarida köplab qöşimça loyihalar, texnologiyalari bor. Raqobatdan qörqişmaydi.
Toyota boşidan jahon bozorini, xususan, AQŞ avtomobil bozorini közlab iş tutadi. Uning muvaffaqiyati ham şunda bölgan. Boşida AQŞ bozoriga kirişga harakatlar muvaffaqiyatsiz bölgan, keyinçalik öz ustida işlagan kompaniya AQŞga kirib boradi. Kompaniyada iqtisodiy muammolar bölgan. Kompaniya muammolar ustida işlab, ularni yeça oladi, Toyota muvaffaqiyati siri ham şunda. Ikkinçi jahon uruşidan keyin AQŞ öz bozorini töla oçgan, JST me’yorlariga köra, Toyota esa bundan unumli foydalangan. Lekin Yaponiyaning özi 1970 yillargaça öz bozorini dunyo uçun u darajada oçmagan, lekin AQŞning oçiq bozoridan yaxşi foydalangan.
Şu bilan birga, Yaponiya içki bozorida ham raqobat kuçli bölgan. Masalan, Yaponiyada Toyota'dan oldin katta miqdorda avtomobil işlab çiqargan kompaniya Nissan kompaniyasi hisoblanadi. Lekin keyinçalik Toyota işlab çiqariş hajmi, maşina turlari köpligi, çet elda kompaniya filiallarini oçiş böyiça boşqalardan özib ketgan. Nissan'da tanlov kam, Toyota'da esa köp. Yaponiya proteksionizmi maqsadli bölgan, içki bozordagi raqobat orqali kompaniyalarni kuçaytirib olgan va ularni dunyoga çiqargan, raqobatbardoş bölgandan söng, özi ham bozorini oçgan.
Yaponiyada işlab çiqaruvçilar, davlat ma’muriyati, universitetlar — uçalasi doim birga işlaydi. Davlat işlab çiqaruvçilar uçun bitimlar tuzadi, xorijiy bozorlarni oçadi, sanoatçilar pul tikada, ilmiy tadqiqotlar qiladi, patentlar oladi, universitetlar esa yaxşi kadrlar yetiştiradi. Şu konsepsiya asosida rivojlanadi Yaponiya sanoati. Bu tizim raqobatsiz işlamaydi, minglab korxonalar bor, 800 ga yaqin universitetlar bor. Hatto viloyatlar orasida raqobat bor.
Yaponiya JST va çuqurlaştirilgan erkin savdo bitimlariga qöşilgani uçun eksportni qöllaş uçun “qizil” subsidiyalar ajrata olmaydi. Çunki subsidiyalar baradigan bölsa, Yaponiya xalqaro sanksiyalarga duçor bölişi mumkin. Özbekiston ham JSTga kiradigan bölsa, eksportga yönaltirilgan va boşqa işlab çiqaruvçilarni bozordan çiqarib yuboradigan subsidiyalarni berolmaydi. Faqat ilmiy tadqiqot, yangi texnologiyalar va patentlar uçun subsidiya beriş mumkin, bular «yaşil subsidiyalar» deyiladi.
Bozorni yopib olib, eksport qiliş – ötmaydi. Yaponiya 600-700 mlrd dollar eksport qiladigan bölsa, kerak bölsa, şundan köp miqdorda import ham qiladi, yaponlar importdan qörqmaydi.
Proteksionizmning çegarasi – tugaydigan nuqtalari borligini yaponlar yaxşi anglaşadi.
Proteksionizm – soliq tölovçilar hisobidan böladigan tadbir. Hukumat esa xalq oldida javobgar – soliq daromadlari böyiça ular doimiy ravişda xalqqa izohlar beradi. Qaysi sohaga pul yönaltirilsa, hukumat izohlab berişi kerak böladi. Buning yuki oğir.
Yaponiyadagi maşinasozlik kompaniyalarining şahar taşqarisida sinov maydonlari böladi. U yerda maşinalarning turli holatlardagi harakati, xavfsizlik darajalari tekşiriladi. Umuman, Yaponiyada xavfsizlikka qattiq qaraladi. Avtomobilda harakatlanayotganda xavfsizlik kamarlarini orqa örindiqdagilar ham taqişi kerak böladi.
Yaponiyada atrof-muhit, atmosfera havosi tozaligiga qattiq e’tibor beriladi. 1960 yillarda Tokioda avtomobillardan çiqayotgan zaharli gazlar miqdori ortib ketgan. Şundan keyin hukumat qat’iy çoralar körgan va 70 yillar örtalarida havo ifloslanişi 100% dan 12%ga tuşgan, hozirda esa 2-3%ga tuşgan. Avtomobil işlab çiqaruvçilar ham şunga yaraşa harakat qilib, zararli gazlarni uşlab qoluvçi filtrlar örnatgan.
Toyota boşqa avtomobil işlab çiqaruvçilardan farqli ravişda gibrid, vodorod bilan yuruvçi, elektromobillarga ham bir xilda investitsiya qilayotgan kompaniya hisoblanadi. Lekin elektromobil sohasida ortda qolyapti biroz, Yaponiyaga BYD kompaniyasi ham kirib keldi, bu Toyota'ga çaqiriq hisoblanadi.
Kompaniya avtomatlaşgan tizimga öz-özidan kelib qolmagan, albatta, bosqiçma-bosqiç ötib kelgan. Toyota kompaniyasi yiliga 10 mln avtomobil işlab çiqargan birinçi avtokonsern hisoblanadi. Kompaniya bir neça yuz ming insonni iş bilan ta’minlagan, 300 mlrd atrofida aylanmaga ega. Yaponiya iqtisodiy rivojida katta örin tutadi, butun dunyo böylab zavodlar tarmoği ham bor.
Toyota'ga boşqa köplab ehtiyot qismlar yetkazib beruvçi kompaniyalar boğlanib turadi. 10 dan oşiq avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyalar bor. Yapon kompaniyalari, xususan, Toyota ham brend içida yana brendlar yaratadi, ya’ni kompaniya içida ham raqobat böladi.