1-3 mart kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida asosan bulutli ob-havo bölişi kutilmoqda, vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi.
“Özgidromet” xabariga köra, bugun kunduzi havo harorati +2...+7 daraja, respublika janubida esa ğayrioddiy bölsa ham -3...+2 darajadan past böladi.
Respublika hududi böyiça dam olişi kunlari harorat keçalari asosan -3...+2 daraja, kunduz kunlari +0...+5 daraja böladi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 mart kunlari 15-18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşadi. Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yoğadi. Qor köçişi xavfi bor.
Poytaxtda bugun keçga tomon biroz yoğingarçilik böladi, 2-3 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Harorat keçalari -1...+1 daraja, kunduz kuni 1 martda +4...+6 daraja, 2-3 martda +1...+4 daraja böladi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.
Mart oyining birinçi kunlarida harorat foni bahorning boşlanişi uçun bölgan me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga past böladi, bu ötgan yilga nisbatan deyarli past, öşanda mart oyida havo harorati +20...+25 darajaga yetgan.
Ammo keyingi hafta, biroz keçikiş bilan bölsa ham, bahor öz ta’sirini ötkazadi va havo harorati tez kötarila boşlaydi.












