29 fevral tongida Ğazo sektorida insonparvarlik yordami uçun navbatda turganlardan yuzdan ortiq kişi halok böldi. Falastin tomoni versiyasiga köra, bu isroillik harbiylar olomonni öqqa tutişi oqibatida röy bergan. TsAHAL vakillari qurbonlarning aksari otişma bilan emas, tiqilinç bilan boğliqligini bildirgan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 4:30 atrofida, Ğazodagi An-Nablusi tumaniga insonparvarlik yordamlari ortilgan 30 ga yaqin yuk maşinasi kirib kelgan mahalda röy bergan. Ular sektor janubidan şimol tomon harakatlangan. Guvohlarga köra, odamlar oziq-ovqat oliş umidida maşinalarni örab olganida isroilliklarning tanklari va dronlar ularga öt oçgan. «Al-Jazira» muxbiri voqea joyidan xabar qilişiça, öt oçilişi ortidan tanklar yiğilganlar ustiga yura boşlagan.

HAMAS harakatiga böysunuvçi Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, otişma oqibatida kamida 112 kişi halok bölib, yana 760 kişi yaralangan. «Al-Jazira» xabariga köra, qurbonlar soni ortişi mumkin, çunki yaqin atrofdagi şifoxonalar yonilği va dori-darmon yetişmasligi tufayli oğir ahvoldagi yaradorlarga kerakli yordamni körsata olmaydi.

Isroil hodisa faktini tasdiqlagan, ammo harbiylar olomonni qasddan öqqa tutganini inkor etgan. TsAHAL versiyasiga köra, yuk maşinalari Isroildagi nazorat-ötkaziş punktidan Ğazoga ötganida, ularni talonçilik maqsadidagi yuzlab odamlar qurşab ola boşlagan. Bu esa tiqilinçga olib kelgan va odamlar halokatining asosiy sababi şu bölgan. Ulardan ayrimlarini vahimaga tuşgan va oldinga yurişga harakat qilgan haydovçilar bosib ketgan.

Harbiylar dron orqali olingan videoni namoyiş etgan, unda yuzlab odamlar insonparvarlik yordami ortilgan yuk maşinalari atrofida töplanganini köriş mumkin; kadrlarda avtomobillar töğridan töğri odamlar ustiga yuradi.

TsAHAL rasmiylari harbiylar çindan ham öt oçganini tan