Özbekistonda maktab öquvçilari orasida çekiş holatlari köpaygani ma’lum qilindi. Bu haqda SSV ogohlantiriş bilan çiqdi.
Ma’lum qilinişiça, 18-69 yoş oraliğidagi Özbekiston aholisining 16,5 foizi, şu jumladan, erkaklarning 32,9 foizi, ayollarning 0,8 foizi tamaki çekadi. Aholining 9,9 foizi tutunsiz tamaki, öz navbatida tutunsiz tamaki çekuvçilarning 89 foizi esa nosvoy çekadi.
Qayd etilişiça, uşbu zararli odatlar maktab yoşidagi bolalar orasida ham uçramoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 13-15 yoşdagi maktab öquvçilarining 1,7 foizi – öğil bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki çekadi. Bunda ösmirlarning 7,7 foizi – 10 foiz öğil bolalar hamda 5,2 foiz qizlar hayotida bir marta bölsa ham çekib körgan.
Statistikaga qaraganda, 13-15 yoşdagi maktab öquvçilarining 7 foizi (har 15 nafardan 1 nafari) uyda va 16 foizi (har 6 nafardan 1 nafari) yopiq jamoat joylarida tamaki tutuni ta’sirida bölişadi.
Tamaki, nos va snyus singari zararli odatlar organizmi ösib borayotgan yoşlarga yanada yomonroq ta’sir qiladi. Bu haqda soğliqni saqlaş sohasi mutaxassislari qat’iy ogohlantirmoqda.
Ta’kidlanişiça, ösmir yoşdagilarga tamaki va uning boşqa şakllari toksik ta’sir qilib, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:
- nafas oliş yöllari – tomoq-burun, halqum, traxeya, bronxlar, öpkaga salbiy ta’sir körsatadi;
- öpkalarda yiliga 1 kggaça qatron yiğiladi. Qatronlar kanserogen modda bölib, öpka saratonini rivojlantiradi. Çekuvçilarda surunkali bronxit, bronxoektaz va öpka emfizemasi rivojlanadi, bu esa nafas yetişmovçiligiga olib keladi;
- köriş va xotira yomonlaşadi, muşaklarning kuçi kamayadi;
- yurakning muddatidan oldin qarişi ortadi, nerv hujayralari öladi;
- teri quriydi, husnbuzarlar toşib ketadi;
- tana ösişdan töxtaydi, eşitiş pasayadi, uyqu buziladi;
- jinsiy ojizlik, farzand köriş tizimida muammolar (erta bepuştlik), gormonal buzilişlar paydo böladi;
- ateroskleroz, yurak miokardi infarkti, insult, gastrit va oşqozon-içak yaralari bilan kasallanişlar kuzatiladi.
Bular sigaret, nos va snyus kabi öta zararli odatlarning zamonaviy tibbiyot tomonidan hozirgaça isbotlangan oqibatlari.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, dunyoda 1,3 milliardga yaqin odam muntazam ravişda çekadi yoki boşqa şakllarda tamaki iste’mol qiladi. Erkaklarning taxminan 47 foizi va ayollarning taxminan 12 foizi çekadi. Çekişni erta boşlaş va 20 yildan ortiq vaqt davomida muntazam çekiş umr köriş davomiyligini 20-25 yilga qisqartirar ekan.












