Qozoğiston va Özbekiston bojxona va çegara xizmati vakillaridan tuzilgan maxsus işçi guruh «Jibek jöli–Ğiştköprik» va «Qoplonbek–Navoiy» bojxona postlarida olib borilayotgan ta’mirlaş işlari bilan tanişdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
«Hozir rekonstruksiya işlari olib borilayotgan «Qoplonbek-Navoiy» nazorat-ötkaziş punkti 2024 yilda foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Özbekiston iyunda, Qozoğiston esa avgustda tugatişi kerak. Bu punktlar işga tuşirilsa, bu yerdan ötadigan yuk taşiş hajmi 3 barobar ortadi», dedi Özbekiston Davlat bojxona qömitasining strategik rejalaştiriş va bojxona tartib-taomillarini optimallaştiriş boşqarmasi boşliği Farhod Allamjonov.
Uning qöşimça qilişiça, «Qoplonbek» nazorat-ötkaziş punkti asosan yuk taşiş uçun möljallangan, biroq jismoniy şaxslar ham qabul qilinadi. Bundan taşqari, Özbekiston tomoni joriy yilda Qozoğistonning «Jibek jöli» posti bilan birlaştirilgan «Ğiştköprik» nazorat-ötkaziş punktida ta’mirlaş işlarini yakunlaş niyatida.
«Ğiştköprik» nazorat-ötkaziş punkti rekonstruksiyasi 2023 yil yozida boşlangan edi. Uni joriy yilning avgust oyida yakunlaş rejalaştirilgan. Uşbu bojxona posti kuniga 30 minggaça yölovçi va 1 mingtagaça avtomobilni qabul qiliş imkoniyatiga ega. Modernizatsiya natijasida u kuniga 50 ming kişi va 3 mingga yaqin avtomaşinani qabul qiladi», dedi Farhod Allamjonov.
«Ğiştköprik» punktining modernizatsiya qilinişi 12 ta yengil avtomobil va 9 ta avtobusni bir vaqtning özida bojxona körigidan ötkaziş imkonini beradi.
Qozoğiston tomoni, «Jibek jöli» nazorat-ötkaziş punktini rekonstruksiya qilişni 2025 yilga möljallagan.
«2023 yilda «Jibek jöli» nazorat-ötkaziş punkti orqali 9 millionga yaqin yölovçi ötdi. Bu odamlarning asosiy oqimi ötadigan nazorat punkti. Rejaga köra, u 2025 yilda ta’mirlanadi. Qayta qurişdan söng uning quvvati kuniga 35 ming kişigaça kötariladi», dedi Qozoğiston Moliya vazirligi Davlat daromadlari qömitasi raisi örinbosari Baqitjan Slyamov.
Uning qöşimça qilişiça, Qozoğiston tomoni hozir «Qaziğurt», «Atameken», «Qoplonbek» bojxona postlarini ta’mirlamoqda. Har uçala nazorat-ötkaziş punkti ham joriy yilda qaytadan işga tuşiriladi.













