Boş prokuratura huzuridagi departament xabariga köra, departamenting Yangiobod tuman bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan O.Y. jami 4 ming dollarni fuqaro B.D.ga 50 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departament hamda IIVning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan fuqaro D.R. jami 4 ming dollarni fuqaro M.D.ga 49,7 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Xuddi şunday, departamentning Farğona viloyat boşqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Farğona şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan S.N. jami 3,6 ming dollarni fuqaro O.A.ga 44,9 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Departamentning Törtköl tuman bölimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda esa valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan fuqaro M.S. jami 3,5 ming dollarni fuqaro H.I.dan 43,5 million sömga sotib olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.