Rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniyning koloniyada ölimi tafsilotlari böyiça suriştiruv bir oy içida yakunlanişi kerak, dedi Bellingcat internet portali rahbari, bolgariyalik tadqiqotçi jurnalist Xristo Grozev 1 mart, juma kuni «Dojd» telekanalida.
Uning sözlariga köra, bu safar boşqa köplab suriştiruv faoliyatiga aloqador jurnalistlar Bellingcat bilan Korrupsiyaga qarşi kuraş xalqaro jamğarmasi (FBK) direktorlar kengaşi rahbari Mariya Pevçix muvofiqlaştiruvida işlamoqda. «Biz haqiqatni aniq bilib olamiz va bu avvalgidek uzoq davom etmaydi», deb işontirdi Grozev.
U Rossiya maxsus xizmatlari suriştiruv uçun zarur bölgan ma’lumotlarni yöq qilişiga yöl qöymaslik maqsadida suriştiruv guruhi hozir tekşirayotgan aniq versiyalarni aytmadi, biroq Navalniy yana zaharlangan bölişi mumkinligini istisno etmadi.
Grozev, şuningdek, Navalniy vafot etgan paytda Rossiya, AQŞ va Germaniya örtasida siyosatçini sobiq çeçen dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilini öldirganlikda ayblanib, Germaniyada umrbod qamoq jazosini ötayotgan rossiyalik razvedka xodimi Vadim Krasikovga almaştiriş böyiça norasmiy muzokaralar olib borilganini tasdiqladi. Grozevning sözlariga köra, Rossiya rahbariyati bu taklifdan xabardor bölgan.













