AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Özbekistonning toza energiya maqsadlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi taşabbus – Yaşil vodorod xabi rejasini taqdim etdi.

Özbekiston Energetika vaziri örinbosari Umid Mamadaminov va USAID Özbekistondagi missiyasi direktori vazifasini bajaruvçi Edvard Mixalski, şuningdek, energetika sektorining asosiy manfaatdor tomonlari Vodorod xabi konsepsiyasining dastlabki bosqiçini, xususan, ustuvor yönalişlar va harakatlar bosqiçlarini muhokama qildilar.

Qayd qilinişiça, yaşil vodorod qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda işlab çiqarilgan vodorod energiyasi sifatida tavsiflanadi. Vodorod qayta tiklanadigan energiyani uzoq masofalarga saqlaş va potensial taşiş uçun yetakçi variant sifatida şakllanmoqda.

Özbekiston 2030 yilgaça qayta tiklanadigan energiya (quyoş, şamol va gidroenergetika) işlab çiqarişni 25 foizga, 2050 yilgaça esa uglerod neytralligini ta’minlaşni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Hukumatning uşbu maqsadlarga erişiş yölidagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaş uçun USAID Energetika vazirligi va energetika sektori manfaatdor tomonlari bilan Yaşil vodorod xabini işga tuşiriş ustida işlamoqda. Xab mintaqaning kelajakdagi energetika landşaftini şakllantiriş va Özbekistonning “Qayta tiklanuvçi va vodorod energiyasini rivojlantiriş strategiyasi”ga hissa qöşiş uçun energiya sektori xodimlarining yangi toza energiya texnologiyalari böyiça malakasini oşirişga yordam beradi.

Avvalroq USAID Delaver universiteti (AQŞ) va Toşkent davlat texnika universiteti örtasida universitetning magistratura bosqiçiga kiritilgan yaşil vodorod böyiça yangi öquv dasturini amalga oşiriş maqsadida hamkorlik örnatgan edi.

Yaşil vodorod xabi konsepsiyasi muvaffaqiyatli amalga oşirişning asosiy jihatlarini, jumladan qayta tiklanadigan energiya salohiyati, suv mavjudligi, toza vodorod işlab çiqariş usullari va eksport salohiyatini baholaydi. Hududni baholaş, omborxona inşoot loyihasi, logistikani rejalaştiriş, bozor tahlili, tartibga solişni baholaş va atrof-muhitga ta’sir qiliş masalalari faoliyat yuritiş uçun optimal joylarni aniqlaşning boşqa tarkibiy qismlaridan biridir.

Bu iş USAID Markaziy Osiyoda Energiya mintaqaviy energetika loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda. Beş yilga möljallangan qiymati $39 million AQŞ dollariga teng loyiha energetika sektori samaradorligini oşiriş, toza energiya rivojlanişini jadallaştiriş, mintaqaviy aloqa va transçegaraviy energiya savdosi orqali energiya xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlaşga qaratilgan. Faqat uşbu loyiha orqali USAID toza energiyaga $2,2 milliard AQŞ dollari miqdorida sarmoya kiritdi va şu kungaça Markaziy Osiyo böylab 2241 megavatt toza energiya quvvatini örnatişga hissa qöşdi.